Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Kattalarga da’vat, «mitti»larga imkoniyat yoxud Millatlar Ligasi haqida gaplashamiz

Kattalarga da’vat, «mitti»larga imkoniyat yoxud Millatlar Ligasi haqida gaplashamiz

Baho:
+ | -

24 yanvar kuni Shveysariyaning Lozanna shahrida futbol taraqqiyotida muhim bosqichni boshlab beradigan yangi musobaqa – UYEFA Millatlar Ligasi g‘olibi va sovrindorlari uchun tayyorlangan sovrinlar namoyish etildi.

Tabiiyki, anjuman ishtirokchilari yangi turnirning dastlabki qur’a tashlash jarayoniga guvoh bo‘lishdi.

Turnirning asosiy vazifasi

Olamshumul ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zgarishlar - futbol olamidagi kam-yob voqea. UYEFA Millatlar Ligasi shunday tarixiy voqealardan biri. Turnir g‘oyasi kecha yoki bir yil avval paydo bo‘lgani yo‘q.

Yevropa futboli ma’murlarining 2011 yili Kiprdagi uchrashuvida tilga olingan mavzu uch yil davomida qizg‘in muhokamadan o‘tdi. 2014 yil 27 martda Ostona shahri mezbonligida o‘tgan UYEFA XXXVIII-Kongressida ishtirokchilar Millatlar Ligasi tashkil etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashdi.

Jamoalar qay tartibda ligalarga ajratildi?

«Ko‘hna qit’a»ning 55ta terma jamoalari UYEFAning 2017 yil 11 oktyabridagi reytingiga ko‘ra taqsimlandilar. Ro‘yxatni 40,747 ball to‘plagan Germaniya termasi boshqarib turgan bo‘lsa, so‘nggi o‘rindagi Gibraltar hisobida 7,550 bal bor. Rossiya terma jamoasi 15-o‘rinda (29,258) qayd etildi.

Xullas, 1-12-o‘rinlarni band etgan terma jamoalar «A», 13-24-pog‘onalar sohiblari «V» ligasidan joy olishdi. «S» ligasidan 15ta (25-39-o‘rinlar), «D» ligasidan esa 16ta (40-55) mamlakat termalari joylashtirildi.

O‘z nav­batida terma jamoalar reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha savatchalarga taqsimlanadilar va qur’a orqali guruhlarga bo‘lingan holda kurashga kirishishadi.

Dastlabki bosqich qanday o‘tadi?

Har bir ligada jamoalar to‘rtta guruhga bo‘linadilar. Ya’ni «A» va «V» ligalarida guruhlar uchta jamoalardan, «S» hamda «D» guruhlarida 3-4 jamoalardan tashkil topadi. Ular ikki davrali musobaqada (uy-safar tizimi) bellashadilar.

«V», «S» va «D» ligalaridagi guruh g‘oliblari yuqori ligaga ko‘tariladilar, oxirgi o‘rinlarni egallaganlar past ligaga o‘tadilar. Bosh sovrin, kumush va bronza medallari sohiblari esa «A» ligadagi guruhlar g‘oliblari o‘rtasida olimpiya tizimi asosida (yarim final, uchinchi o‘rin, final) aniqlanadi.

Futbolchi va klublar yumushi ko‘payadimi?

Ma’lumki, terma jamoalar ishtirokidagi yangi musobaqalarga klub mutasaddilari doimo qarshi bo‘lishadi. Chunki, futbolchilarni ish haqi bilan ular ta’minlashadi. Futbolchilar esa terma jamoa tarkibidagi uchrashuvlarda jarohat olishlari mumkin. Bundan tashqari, futbolchi toliqib qoladi.

Biroq UYEFAdagilarning ta’kidlashlarcha, Millatlar Ligasi va Yevropadagi saralash uchrashuvlari xalqaro standart taqvimi asosida tashkil etiladi. Qolaversa, mutasaddilar yangi turnir futbolchi va klublar uchun ma’lum yengilliklar yaratishini taxmin qilmoqdalar.

O‘rtoqlik uchrashuvlari kamayadi, terma jamoa esa o‘z saviyalaridagi jamoalar bilan muntazam kuch sinashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Juft­langan uchrashuvlardan keyin futbolchilar o‘z klublariga barvaqt qaytish imkoniyatiga ega.

O‘rtoqlik uchrashuvlari butunlay tugatiladimi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:35, 08.02.2018.
O'qildi: 5789 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.