Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Umid Ahmadjonov taklifiga ko‘ra Toshkentga keladi

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Umid Ahmadjonov taklifiga ko‘ra Toshkentga keladi

Baho:
+ | -

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax MOQ prezidenti Umid Ahmadjonovning taklifiga ko‘ra, poytaxt Toshkentga tashrif buyuradi.

Qishki Olimpiadaning ochilish marosimida ishtirok etish uchun Pxyonchxanda bo‘lib turgan Ahmadjonov XOQ prezidenti bilan ko‘rishdi. Uchrashuv davomida tomonlar yangi bosqichga ko‘tarilayotgan O‘zbekistondagi olimpiya harakatini rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashish borasida kelishib oldi.

Tomas Baxning Toshkentga tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad — MOQ va XOQ o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ladi. Bungacha Bax 2015 yil O‘zbekistonga kelgan bo‘lib, mamlakat sporti haqida tasavvurga ega bo‘lgandi.

Biroq o‘tgan ikki yil davomida O‘zbekiston sportida katta o‘zgarishlar boshlandi. Xususan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat sportni tubdan isloh qilish masalasini kun tartibiga qo‘ydi. Orada O‘zbekiston futbol federasiyasi va Milliy olimpiya qo‘mitasida rahbariyat almashdi.

Umid Ahmadjonov MOQ prezidenti etib saylangach, Tomas Bax birinchilardan bo‘lib tabrik maktubi yo‘llagandi. Endi martabali mehmonda yangi bosqichga chiqayotgan O‘zbekiston sporti borasidagi tasavvurlarni yanada boyitish uchun amaliy imkoniyat bo‘ladi.

MOQ faoliyati ham O‘FA singari zamonaviy talablar asosida tashkil etiladi. Ayni vaqtda futbol mutaxassislari, hakamlari va murabbiylari Ispaniya, Angliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Qatar kabi rivojlangan mamlakatlarda ish tajribasini o‘rganayotgan bo‘lsa, kelgusida qolgan sport turlari mutaxassislarining faoliyatiga ko‘maklashish maqsadida, ular ham ish o‘rganish uchun rivojlangan xorij mamlakatlariga yuboriladi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 14:04, 08.02.2018.
O'qildi: 3509 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.