Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

APL tarixidagi eng tezkor gollar

APL tarixidagi eng tezkor gollar

Baho:
+ | -

31 yanvar. Angliya premyer-ligasi. 25-tur. «Tottenxem» - «MYU». 10-11-soniyalar oralig‘i. Hisob - 1:0. Gol muallifi - Kristian Eriksen.

Ha, daniyalik yarim himoyachi muhim o‘yinda APL tarixidagi eng tezkor gollardan birini urdi. Aniqroq aytsak, «shporlar» vakili bu boradagi reytingning 3-o‘rnidan joy oldi.

Diqqatga sazovor tomoni, chempionatdagi eng tezkor gol ham aynan «Tottenxem»ga tegishli: Ledli King 2000 yili «Bredford»ga qarshi kechgan safar o‘yinining 9,9-soniyasidayoq hisobni ochgandi.

Kristian Eriksen goliga ta’rif

Daniyalik futbolchi o‘yinni rosa sog‘ingan ekan, pachakilashib o‘tirmay, 11-soniyadayoq raqib darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ya qoldi. Chunonchi, u jarohat sabab, ma’lum muddat maydonga tusholmagandi.

Xullas, chiroyli qaytish. Aytish joiz, ilk samarali hujumda «Tottenxem» oldingi chizig‘ining barcha yulduzlari ishtirok etishdi: Garri Keyn havodagi to‘p uchun kurashda ustun keldi, Dele Alli tovoni bilan nafis uzatmani amalga oshirdi, Eriksen esa nozik zarba yo‘llab, David de Xeaga zarracha imkoniyat qoldirmadi.

Ehtimol, bu eng tezkor gollar orasida estetik tomondan eng chiroylisidir. Hisob ochilgan payt «MYU» muxlislari joylariga tuzukroq o‘rnashib olishga ham ulgurishmagandi.

Joze Mourinyo chinakam «shok» holatida, biroq o‘sha oqshom «Uembli»ni begonaning qayg‘usi tashvishga solarmidi? Muhimi, Eriksenning chaqmoq misoli tezkor goli yakuniy natija bilan yanada go‘zallashdi - 2:0.

Angliya premyer-ligasi tarixida kuzatilgan 8ta eng tezkor gol

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:55, 10.02.2018.
O'qildi: 4884 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.