Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Maksimilan Fomin: «Ummon varianti ma’qulroq ko‘rindi»

Maksimilan Fomin: «Ummon varianti ma’qulroq ko‘rindi»

Baho:
+ | -

Yetarli tajribaga ega himoyachi Maksimilan Fomin faoliyatini yana Ummon chempionatida davom ettiradi. Bilsangiz kerak, u avval ham bu yurtda to‘p surgan.

Aniqrog‘i, o‘tgan yilning aynan shu payti «Saham» klubi bilan shartnoma tuzgandi. Fomin keyinchalik, ya’ni avgustda Malayziyaga ko‘chib o‘tib, mahalliy birinchi liga vakili «Perlis» jamoasi safiga qo‘shildi.

Mana, himoyachi avvalgi hafta Ummonning boshqa bir klubi - «Sohar» bilan kelishuvga erishdi. Bu jamoa Ummon Super-ligasi 13-turidan so‘ng 14ta ishtirokchi orasida 9-o‘rinni band etib turibdi. Hisobida 15 ochko bor. E’tiborlisi, 8-pog‘onadagi «Saham» (Fominning sobiq jamoasi) ham shuncha ochkoga ega.

Turnir jadvali peshqadami - «Al-Suvayq» esa naq 34 ochko to‘plashga ulgurgan. Xullas, Fomin yangi shartnoma ostiga imzo chekkan kunning o‘zida u bilan bog‘lanib, maxsus intervyu oldik.

- Maksimilian, yana Ummonda o‘ynash varianti qanday yuzaga keldi?

- Hammasi oddiy: yanvar oyida «Sohar» klubi prezidenti qo‘ng‘iroq qilib, shartnoma taklif etdi. Uning bandlarini o‘rganib chiqqach, ijobiy javob berdim. O‘tgan yili bu klub o‘ynaydigan shaharga yaqin joyda to‘p surgandim.

Xullas, «Sohar» vakillari «Saham» tarkibidagi harakatlarimga befarq qarashmagan, shekilli. 

- Bandlari ma’qul kelgan shartnoma haqida batafsilroq ma’lumot bera olasizmi?

- Kelishuv qisqa muddat - yarim yilga mo‘ljallandi. Agar hammasi joyida bo‘lsa, uni avtomatik ravishda uzaytiramiz. Ayni payt Ummon Super-ligasi birinchi davrasi ortda qoldi.

Qisqasi, mavsum oxirigacha shu klub sharafini himoya qilaman. Menga 93-raqamli futbolkani berishdi.

- Oldingizda boshqa variantlar ham bormidi? Ummon jamoasi taklifi aynan nimasi bilan qiziqish uyg‘otdi?

- Aslida chorlovlar yetarli edi. Misol uchun, Quvayt klublariga ham chaqirishdi. Lekin Ummon futboli va uning saviyasini yaqindan bilganim uchun boshqa takliflarga jiddiy qaramadim.

To‘g‘ri, orada salohiyatimni Quvayt chempionatida sinab ko‘rishni istadim. Chunki bu juda qiziq tuyuldi, ammo  yakunda tanish o‘lkaga borishni ma’qul ko‘rdim.

- Nima, o‘zimizdagi jamoalardan taklif tushmadimi?

- Afsuski, yo‘q. Har holda, jiddiy takliflar bo‘lmadi. Shu sababli ham, yana o‘zim yaqindan biladigan chempionatni tanladim.

Agar biroz kutganimda, vaqtdan yutqazishim aniq edi. Axir yangi jamoaga moslashishda tayyorgarlik jarayoni muhim hisoblanadi.

- Ummon chempionati saviya bobida biznikidan sezilarli darajada kuchsiz emasmi?

- Shubhasiz, o‘rtada katta farq bor. Bizning chempionatimiz ancha ustun, albatta. Lekin Ummon futboli qaysidir jihatlari bo‘yicha oldinda. Masalan, chempionat o‘yinlari translyasiyasi masalasida.

Deylik, bir vaqtning o‘zida tur doirasidagi 3ta o‘yin jonli translyasiya qilinadi. Shuningdek, mahalliy matbuot o‘yinlarni keng ko‘lamda yoritib boradi. Tahliliy ko‘rsatuvlar ham ko‘p.

- Umuman, futbol Ummonda ham birinchi raqamli sport turimi? Mahalliy aholi nimaga ko‘proq qiziqadi? Muxlislarning stadionlarga tashrifi qoniqarlimi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:27, 11.02.2018.
O'qildi: 4113 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.