Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Nazorat o‘yini: AGMK - "Zarya" 1:1

Nazorat o‘yini: AGMK - "Zarya" 1:1

Baho:
+ | -

Bugun AGMK jamoasi yana bir o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Ukraina chempionati vakiliga qarshi uchrashuv ikkinchi xorij yig‘ini doirasida uchinchi o‘yin bo‘ldi. Bu bahsda 16 nafar futbolchi ishtirok etdi. Kecha bo‘lib o‘tgan o‘yinda ishtirok etgan bir qator futbolchilar mashg‘ulot o‘tkazish bilan cheklanishdi.

Yanvar oyida ham bu jamoalar bir marta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishgan va o‘sha bahsda luganskliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Bu galgi to‘qnashuv ham qiziqarli va kurashchan ruhda o‘tdi. O‘yinning 8-daqiqasidayoq hisob ochildi. Jarima maydoni ichida Roman Abdulov raqib futbolchisiga nisbatan qo‘pol o‘ynaganligi bois, penalti belgilandi. "Zarya" futbolchisi bundan unumli foydalandi. 39-daqiqada hakam raqib darvozaboni ishlatgan qo‘pollik sabab penalti belgiladi. Muzaffar Muzaffarov tepgan to‘pni Lunin qaytarishga erishdi. Ikkinchi taymda futbolchilarimiz raqibga nisbatan faolroq harakatlana boshlashdi. Bu 75-daqiqada o‘z samarasini berdi. Qanotdan jarima maydoniga yorib kirgan G‘ulom-Haydar G‘ulomov bir zarb bilan darvozaning uzoq burchagiga to‘pni yo‘lladi. Hisob tenglashgach, jamoamizda yana bir nechta gol urish imkoniyati bo‘ldi. Yakuniy zarbalarga aniqlik yetishmaganligi bois, o‘yin shu hisobda yakuniga yetdi.

Jamoamiz rejasiga ko‘ra navbatdagi bahs 14 fevral kuni Xarkov shahrining "Gelios" jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi. 15 fevral kuni esa Turkmaniston chempioni "Oltin Asr" sparring raqib vazifasini o‘taydi. Nazorat o‘yinining so‘ngisi 17 fevral kuni Gruziya chempionati vakili "Rustavi" jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.fc-olmaliq.uz
Kiritildi: 01:22, 12.02.2018.
O'qildi: 2534 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик