Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Umid Ahmadjonov Seulda tashkil etilgan sport vazirlarining Konferensiyasida ishtirok etdi

Umid Ahmadjonov Seulda tashkil etilgan sport vazirlarining Konferensiyasida ishtirok etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Pxyonchxanda start olgan XXIII qishki Olimpiya o‘yinlari doirasida bugun, 12 fevral kuni mamlakat poytaxti Seulda Koreya Respublikasi madaniyat, sport va turizm vazirligi tomonidan sport vazirlari Konferensiyasi tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va mamlakat futbol assosiasiyasining birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov ishtirok etdi.

Konferensiyaning bosh mavzusi “Jamiyatda sport qadriyatlarini rivojlantirish” bo‘lib, mazkur anjuman ishtirokchilarga dopinglarsiz toza sport, ijtimoiy rivojlanishda sportning ahamiyati, sport musobaqalaridagi g‘irromliklarni oldini olish, sport qadriyatlarini rivojlantirish kabi masalalarda misollar keltirish, fikr almashish imkonini berdi.

Konferensiyani dastlab Koreya Respublikasi madaniyat, sport va turizm vaziri Do Jong Van kirish nutqi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng ishtirokchi mamlakatlar sport mutassadilari o‘z taqdimotlarini o‘tkazishdi. Konferensiyada ko‘pgina masalalar muhokama qilindi. Anjuman yakunida esa ishtirokchilarga madaniy dastur namoyish etib berildi.

Konferensiyadan so‘ng Umid Ahmadjonov shu yerning o‘zida Butunjahon antidoping agentligi (WADA) prezidenti Kreyg Ridi, shuningdek, Koreya Respublikasi madaniyat, sport va turizm ishlari vaziri Do Jong Van bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar o‘rtasida o‘zaro do‘stona aloqalar o‘rnatish, Olimpiya harakaktini yanada rivojlantirish masalasida hamkorlik rishtaralarini mustahkamlash borasida kelishib olindi.

Shuningdek, WADA Prezidenti Kreyg Ridi suhbat davomida mamlakatimizda dopinga qarshi kurash masalasida olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadi. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2018 yil 3 yanvarda e’lon qilingan PQ-3457 sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim qadam bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

Umid Ahmadjonov o‘z navbatida Butunjahon antidoping agentligi rahbarini yurtimizga taklif etdi. Kreyg Ridi bu taklifni bajonidil qabul qildi va ish taqvimidan kelib chiqqan xolda WADA Prezidentining O‘zbekistonga yaqin oylar ichida tashrif buyurishiga oid kelishuvga erishildi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 14:23, 12.02.2018.
O'qildi: 5515 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик