Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

OCHL-2018. «Lokomotiv» mavsumni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi

OCHL-2018. «Lokomotiv» mavsumni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi

Baho:
+2 | -

Osiyo chempionlar ligasi 2018 yilgi mavsumining guruh bosqichiga start berildi. O‘zbek jamoalari orasida birinchi bo‘lib maydonga chiqqan "Lokomotiv" klubi ilk turda BAAning "Al-Vahda"sini yirik hisobda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

Yakuniy hisob yirik ko‘rinish olgan bo‘lsa-da, birinchi bo‘lim nisbatan tengkurashlar ostida kechdi. Har ikkala jamoa tomonidan yaratilgan ko‘plab vaziyatlarning bittasini "temiryo‘lchilar" golga aylantirishdi. BAAliklar jarima maydonchasi atrofida to‘p uchun kurashgan Muhammadiyev o‘zi bilmagan holda Nivaldoni birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Braziliyalik futbolchi o‘z imkoniyatidan samarali foydalanib, hisobni ochdi.

"Lokomotiv" birinchi taymda yo‘qqa chiqarilgan imkoniyatlar o‘rnini ikkinchi bo‘lim startida ortig‘i bilan to‘ldira oldi. 53-59-daqiqalar oralig‘i "Vahda" uchun "qo‘rqinchli tush" bo‘ldi. Dastlab Ikrom Aliboyev maydon markazida raqibini chiroyli tarzda aldab o‘tdi va markazdagi chiziq ustidan zarba berib, to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Oradan 2 daqiqa o‘tib mehmonlar jarima maydonchasiga uzatilgan to‘pni Salim Sulton o‘z darvozasiga burib yubordi. Nihoyat, birinchi bo‘limning o‘zida zaxiradan maydonga tushgan Sardor Rashidov jarima maydonchasining o‘ng tomonidan zarba berib, "Al-Vahda" darvozasining yaqin burchagini ishg‘ol etdi.

Mazkur gollar amalda o‘yin taqdirini hal qilib qo‘ydi. Qolgan daqiqalarda Miklyayev shogirdlari biroz bo‘shashishdi, ammo Amirlikdan tashrif buyurgan jamoa o‘z imkoniyatlaridan foydalana olmadi. O‘z navbatida, toshkentliklar hisobni yanada yiriklashtirish imkoniyatidan foydalanishdi. Muhammadiyev o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmani Aliboyev bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi — 5:0!

Bugungi o‘yin orqali "Lokomotiv"ning xatolari ko‘zga tashlandi, ammo fevral oyi bo‘lishiga qaramay, jamoa yaxshi shakllanganini namoyish qildi.

OCHL-2018. "V" guruhi, 1-tur
“LOKOMOTIV” – “AL-VAHDA” (BAA) 5:0 (1:0)
Gollar: Nivaldo (25), Ikrom Aliboyev (53, 87), Salim Sulton ash-SHarjiy (55-avtogol), Sardor Rashidov (59)
“Lokomotiv” (O‘zbekiston): 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 6.Nivaldo (Sardor Rashidov 36), 7.Sadriddin Abdullayev, 9.Ikrom Aliboyev, 10.Marat Bikmayev, 15.Sardor Mirzayev (SHerzod Karimov 83), 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 22.Sanjar Shoahmedov (Igor Yelich 75), 28.SHuhrat Muhammadiyev, 33.Oleg Zoteev
"Al Vahda" (BAA): 50.Rashid Al Suvaydi, 4.Salim Sulton Al Sharji, 5.Muhammad Abdulbosit (Xalil Ibrohim 79), 10.Ismoil Matar, 12.Muhammad Salim, 15.Nosir Abdulxodi, 19.Xolid Ibrohim, 22.Balaj Judjak, 36.Ahmad Salmon, 37.Ahmad Rashid, 42.Muhammad Salmon.
Uchrashuv hakamlari:  Tojo Minoru, Ochi Shinji, Takagi Takumi (barchasi Yaponiya), Chorimurot Qurbonov (Turkmaniston)
Hakamlar nazoratchisi:  Inoyat Masud (Eron)
Uchrashuv komissari:  Chan Ka Chung (Gonkong)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:43, 12.02.2018.
O'qildi: 8947 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.