Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Branko Ivankovich: «Ertaga O‘zbekistonning eng kuchli jamoalardan biri bilan o‘ynaymiz»

Branko Ivankovich: «Ertaga O‘zbekistonning eng kuchli jamoalardan biri bilan o‘ynaymiz»

Baho:
+ | -

“Persepolis” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanining navbatdagi qismida mezbon jamoa ustozi Branko Ivankovich va jamoa o‘yinchisi Ali Alipur ishtirok etishdi.

"Mana, nihoyat, Osiyo chempionlar ligasi bahslariga ham yetib keldik. Bu yilgi OCHL bahslari odatdagidan ertaroq boshlanmoqda. Bu musobaqani boshlanishi bilan barchalaringizni tabriklayman. Umid qilamizki, futbol ishqibozlari bizni ertaga “Ozodiy”da yaqindan qo‘llab-quvvatlashadi va jamoamizning 12-o‘yinchisi sifatida bizga yordam berishadi.

O‘zingiz bilasiz, birinchi o‘yin doimo qiyin bo‘ladi. Ko‘p narsa shu birinchi o‘yinga ko‘proq bog‘liq, dastlabki o‘yinda g‘alabaga erishish, keyingi o‘yinlarni ancha osonlashtiradi. Takror aytaman, birinchi o‘yin hamisha og‘ir bo‘ladi. O‘yinda har qanday natija bo‘lishi mumkin. Biz ertaga kuchli raqiblarimizdan biri bilan o‘ynaymiz. Futbolchilarimiz o‘yinda diqqatlarini yo‘qotmasligi talab etiladi. Biz “Nasaf”ning o‘yinlarini ko‘rib, tahlil qildik. Jamoa juda yaxshi shaklllangan. Keyingi o‘tkazgan besh o‘yinining to‘rtasida g‘alaba qozongan. Ayniqsa, keyingi bo‘lib o‘tgan “Paxtakor” va “Al-Faysaliy”ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinidan, bu jamoa nimalarga qodirligi bizga ayon bo‘ldi. “Nasaf” O‘zbekistonning eng kuchli to‘rtta klubidan biri sanaladi. Jamoa safida ko‘plab  mamlakat terma jamoasida o‘ynaydigan futbolchilar bor. Bundan tashqari legioner futbolchilari ham juda mahoratli sanaladi. Masalan, hamyurtim Dragan Cheran juda kuchli hujumchi, shuningdek, Slavko Lukich ham Serbiyaning eng kuchli klubida to‘p tepgan o‘yinchidir. Bu futbolchilar biz uchun juda xavfli hisoblanishadi. Bir so‘z bilan aytganda, biz ertaga kuchli raqibga qarshi maydonga tushamiz.

“Persepolis” futbolchilari ertaga bo‘ladigan o‘yinga tayyor, hamma sog‘-salomat. Ertaga o‘yin payti yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, biz bunday  ob-havoga ham tayyormiz", - dedi Ivankovich.

Ali Alipur: — Biz o‘yinga yaxshi tayyorlandik, ertaga g‘alaba uchun o‘ynaymiz.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 18:30, 12.02.2018.
O'qildi: 8279 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик