Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Neymar — “Real”: umumiy natijalar qanday?

Neymar — “Real”: umumiy natijalar qanday?

Baho:
+ | -

 “PSJ” hujumchisi Neymar yangi jamoasi safida “Real”ga qarshi birinchi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. Xo‘sh, u, aslida, “Real”ga qarshi qanday natijalar qayd etgan? Quyida ana shu haqda so‘z yuritamiz.

2013 yil, 26 oktyabr, La Liga, 2013-2014, 10-tur.

“Barselona” — “Real” — 2:1 (Neymar, Sanches — Xese)

Neymar o‘zining dastlabki El Klasikosida bosh qahramonga aylangandi. Yodingizda bo‘lsa, 2013 yilda “Real” Garet Beylni, “Barselona” esa Neymarni xarid qilgandi. Birinchi El Klasikoda esa ikkala yangi futbolchi ham maydonga tushgandi. Beyl bu o‘yinda sariq kartochka oldi, Neymar esa 19-daqiqadayoq gol urishga erishdi. Keyin esa Sanchesga gol urishga yordam berdi. “Real” gol urganida esa Neymar allaqachon zaxiraga olingandi.

2014 yil, 24 mart. La Liga, 2013-2014, 29-tur

“Real” — “Barselona” — 3:4 (Benzema dubl, Ronaldu — Inyesta, Messi xet-trik)

Bu XXI asrning eng yaxshi El Klasikosi hisoblanadi. To‘g‘ri, bu o‘yinda Neymar gol urmagan, ammo katta ko‘lamdagi ishni bajargan. Birinchidan, u Messining hisobni tenglashtirvchi golida yordam bergan, ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida esa penalti ishlab, Ramosning qizil kartochka olib maydonni tark etishiga sababchi bo‘lgan, bu esa yakuniy natijaga katta ta’sir ko‘rsatgan. “Barselona” g‘alaba to‘pini kiritganida esa Neymar zaxiraga olingandi.

2014 yil, 16 aprel, Ispaniya kubogi, 2013-2014, final

“Barselona” — “Real” — 1:2 (Bartra — Di Mariya, Beyl)

Neymarning eng omadsiz El Klasikolaridan biri. Mazkur o‘yinda u faqat sariq kartochka oladi, xolos, Garet Beyl esa o‘zining fantastik goli bilan “Real”ga g‘alaba keltiradi.

2014 yil, 25 oktyabr, La Liga, 2014-2015, 9-tur

“Real” — “Barselona” — 3:1 (Ronaldu, Pepe, Benzema — Neymar)

Mazkur o‘yinda Neymar 4-daqiqadayoq hisobni ochgandi, biroq keyin “Real” uchta gol urib, g‘alabani ilib ketgan.

2015 yil, 22 mart, La Liga, 2014-2015, 28-tur

“Barselona” — “Real” — 2:1 (MatYE, Suares — Ronaldu)

Bu o‘yinda Neymar gol ura olmaydi, ammo jamoasining g‘alabasiga munosib hissa qo‘shadi. Aynan shu matchda braziliyalik hujumchi maydondagi ajoyib harakatlari bilan ajralib turgandi.

2015 yil, 21 noyabr, La Liga, 2015-2016, 12-tur

“Real” — “Barselona” — 0:4 (Suares dubl, Neymar, Inyesta)

“Real”ning Benites boshqaruvi davridagi sharmandali mag‘lubiyati. “Barselona” hatto asosiy tarkibda Messini tushirmagandi. Neymar esa gol urdi, ko‘plab vaziyatlar yaratdi va doim diqqat markazda turdi.

2016 yil, 2 aprel, La Liga, 2015-2016, 28-tur

“Barselona” — “Real” — 1:2 (Pike — Benzema, Ronaldu)

Zinedin Zidan o‘zining “Real” boshqaruvidagi birinchi El Klasikosida g‘alaba qozongandi. Neymar esa bu o‘yinda shunchaki hech narsa qila olmagandi.

2016 yil, 3 dekabr, La Liga, 2016-2017, 28-tur

“Barselona” — “Real” — 1:1 (Suares — Ramos)

Aynan Neymarning uzatmasidan keyin Suares hisobni ochgandi. Keyinchalik esa u zaxiraga olindi. O‘yin yakunida esa Ramos hisobni tenglashtirdi.

2017 yil, 30 iyul, Xalqaro chempionlar kubogi

“Real” — “Barselona” — 2:3 (Kovachich, Asensio — Messi, Rakitich, Pike)

Neymar o‘tgan yilning aprelidagi Klasikoni jarohat tufayli o‘tkazib yuborgandi, ammo yozda bo‘lib o‘tgan Xalqaro chempionlar kubogida ishtirok etdi. Mazkur o‘yinda “Barselona” g‘alaba qozondi, Neymar esa ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Neymarning “Real”ga qarshi umumiy natijasi quyidagicha bo‘lgan: 9 ta o‘yin — 5 ta g‘alaba, 1 ta durang, 3 ta mag‘lubiyat.

 

Manba: sports.ru
Kiritildi: 10:41, 16.02.2018.
O'qildi: 12223 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.