Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Messi «Gnom», Gattuzo - «Karkidon», Riberi - «chandiq yuz» yoxud futbolchilarning laqablari haqida

Messi «Gnom», Gattuzo - «Karkidon», Riberi - «chandiq yuz» yoxud futbolchilarning laqablari haqida

Baho:
+ | -1

Sir emaski, hayotning boshqa jabhalaridagi kabi futbolchilar ham o‘zaro muloqot paytida ixcham qisqartma - laqablardan foydalanishadi.

Shuningdek, qaysidir kasbdoshi xususida fikr bildirish chog‘ida ham taxalluslarga murojaat qiladilar. Masalan, Anxel Di Mariya Messi haqida gapirganida «Gnom» yoki «Karlik» iboralarini qo‘llagandi.

Luis Suares esa quruq gap bilan kifoyalanmay, Leoga o‘zining gnom tasviri tushirilgan pijamasini sovg‘a qilgandi. Bu ajoyib xislatdan hech kim benasib bo‘lmagan.

Tashqi ko‘rinishi uchun berilgan laqablar

Taxalluslarning eng yirik guruhi. Chunki, ularni o‘ylab topish juda oson. Messi «Gnom» laqabiga loyiq ko‘rilganda uning bo‘yi 140 sm. edi. Shirokovga Kokorin kanadalik Biberni eslatdi.

Inyesta esa rangpar yuzi uchun «Kasper» taxallusini oldi. Torresning bolalarga xos yuz ko‘rinishi «al Ninyo» («Kichkintoy») laqabiga loyiq ko‘rildi. Ole-Gunnar Sulsherni raqiblari «Bola ko‘rinishidagi qotil», Santyago Kanisaresni esa «jallod» deb atashardi.

Gollandiyalik Raysiger esa muxlislar o‘rtasida «Protivogaz» nomi bilan mashhur. Angliyalik kasbdoshlarimiz Dan Petres­ku siymosida mashhur aktyor Devid Duxovnini ko‘radilar.

Shu tariqa «Agent Malder» laqabi paydo bo‘ldi. Rekoba va David Silva - «xitoy», Riberi - «chandiq yuz», Xavi Ernandes - «Xemfri Bogard».

Aytgancha, Xavida yana «Profi» hamda «Muallim» taxalluslari ham bor. «So‘yloq» laqabi esa Ronaldo va Ronaldinyoga tegishli ekanini yaxshi bilasiz.

Jonivorlardan olingan laqablar

Messini «Gnom»dan tashqari «Atom Burga» deb ham atashadi. Bo‘yi past bolalarni «Pyoxo», ya’ni «Burga» deb atash Argentinada odat tusiga kirgan. Masalan, hujumchi Klaudio Lopesni ham Edgar Davids bilan Xristo Stoichkov o‘zlarining urishqoq ko‘ppakka xos tabiatlari tufayli «Pitbul» laqabiga sazovor bo‘lishgan.

Gattuzo - «Karkidon», Saviola - «Quyoncha», Jek Charlton va Nvankvo Kanu - «Jirafa», Kevin Kigan - «Sichqon», daroz Yan Koller - «Dino», Ortega - «Xo‘tik», Pato esa - «O‘rdak».

Raqiblarini chaqib oladigan zarbalari Igitaga «Chayon» taxallusini hadya etgan bo‘lsa, qora sviterni xush ko‘rgan Lev Yashin «Qora o‘rgimchak», afsonaviy Eysebio esa «Pantera» laqabi bilan nom qozonishgan.

Raqam va harflarda ifodalangan laqablar

Ba’zi taxalluslar futbolchi ism-sharifining bosh harflari va raqamlari bilan ifodalanadi. Masalan, Timoshuk - T-44, Bistrov - «34-tezyurar». Zlatko Zaxovichga tegishli «ZZ-Tor» mashhur rok-guruhini eslatadi.

Buyuk Elenio Errera ism-sharifining bosh harf­lari - «NN» bilan ataladi, marhum Valeriy Vasilyevich Lobanovs­kiy esa VVL bilan. Aleksandr Shovkovskiyni yaqinlari «Sasho» deb atashardi.

Kishining tabiatiga oid laqablar

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 13:45, 16.02.2018.
O'qildi: 16772 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик