Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

«Uzbek Tigers» faoliyati nima uchun to‘xtatildi?

«Uzbek Tigers» faoliyati nima uchun to‘xtatildi?

Baho:
+1 | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Boks bo‘yicha Butunjahon boks seriyasida (WSB) O‘zbekiston sharafini himoya qilib kelayotgan «Uzbek Tigers» jamoasi faoliyatini to‘xtatishi mumkin.

KUN.UZ manbasi ma’lum qilishicha, yangi tuzilgan Jismoniy tarbiya va sport vazirligida 15 fevral kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda jamoaning xalqaro musobaqalardagi ishtiroki foyda keltirmayotgan holda ortiqcha xarajat bo‘layotgani aytilib, uning faoliyati qayta ko‘rib chiqilishi bo‘yicha taklif berilgan. 

O‘zbekiston sportiga kelgan yangi rahbariyat bu musobaqaning kelajagiga shubha bilan qaragan va jamoaning faoliyatini to‘xtatishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Uzbek Tigers» bu mavsumda «Amerika» guruhida Kuba, Kolumbiya va Venesuela jamoalari bokschilariga qarshi jang o‘tkazishlari lozim edi. 9 fevral kuni Kubada bo‘lib o‘tgan birinchi bahsda ikkinchi tarkib bilan qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi «Cuba Domadores»ga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Qayd etish kerakki, so‘nggi yillarda boks O‘zbekistonda juda ommalashdi va futboldan keyin ikkinchi raqamli sport turiga aylangandi. 2016 yilda Rio-de-Janeyroda qo‘lga kiritilgan natijalardan keyin (jamoa 3ta oltin, 2ta kumush va 2ta bronza bilan birinchi o‘rinni egallagandi) esa bu sport turining obro‘si hattoki futbolga ham soya solayotgani e’tirof etildi. So‘nggi yillarda bu sport turida qo‘lga kiritilgan natijalar boksning O‘zbekistonda birinchi raqamli sport turiga aylanayotganini isbotlagandek edi.

2017 yilda endi o‘zbekistonlik bokchilar 3ta yirik musobaqa — WSB, Osiyo Chempionati hamda Jahon Chempionatida ishtirok etdi.

Uzbek Tigers jamoasi WSB turnirida bundan avval ikki mavsum ishtirok etgan, jamoa ilk urinishadayoq yarim finalga qadar yetib borib, kubaliklardan yengilgandi. Keyingi mavsumda esa Kuba vakillari chorak finaldayoq duch keldi. Kuba Samarqandda 3:2 hisobida taslim qilindi. Safar janglari esa omadsiz kechdi - 0:5.

Keyinroq Toshkent mezbonlik qilgan Osiyo Chempionatida o‘zbekistonlik bokschilar hech kimga imkoniyat qoldirmadi. 10ta vazn toifasidan 9ta oltin medalni qo‘lga kiritish tarixda hech kimga nasib qilmagandi. O‘zbekiston boks termasi bu borada rekord o‘rnatdi.

Nihoyat Germaniyaning Hamburg shahridagi jahon chempionati. Dunyoning eng kuchli bokschilari kelgan turnirda O‘zbekiston yana bir marta o‘zini ko‘rsatdi. Delegasiya bu turnirda Kubadan keyin ikkinchi bo‘ldi (1ta oltin, 2ta kumush va 3ta bronza). Qit’adagi eng asosiy raqib Qozog‘iston ortda qoldirildi.

Bu natijalardan keyin O‘zbekiston boks federasiyasi Osiyoda tengsiz deb tan olindi. Osiyo Chempionatida ham, Jahon Chempionatida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan Shahram G‘iyosov esa yil bokschisi bo‘ldi.

Manba: www.kun.uz
Kiritildi: 21:22, 16.02.2018.
O'qildi: 21319 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.