Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

OCHL-2018. «Nasaf» – «Al Vasl». O‘yinoldi rasmiy tadbirlar haqida

OCHL-2018. «Nasaf» – «Al Vasl». O‘yinoldi rasmiy tadbirlar haqida

Baho:
+ | -

20 fevral seshanba kuni «Markaziy» stadionimizda, «Nasaf» hamda Birlashgan Arab Amirligining «Al Vasl» klublari o‘rtasida OCHL-2018 guruh bosqichining 2-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Ushbu uchrashuvdan bir kun avval, ya’ni 19 fevral dushanba kuni o‘yinoldi rasmiy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Demak, soat 11:30da boshlanadigan o‘yinoldi matbuot anjumanining dastlabki qismida, «Al Vasl» vakillari ishtirok etishadi.

Jamoamiz ustozi va bir nafar o‘yinchimiz ishtirokidagi matbuot anjumani esa 12:00da boshlanadi.

O‘yinoldi matbuot anjumanlari «Markaziy» stadionimizning anjumanlar zalida bo‘lib o‘tadi.

Shu kuni har ikkala klub rasmiylari ishtirokidagi yig‘ilish (miting) soat 13:00da boshlanadi. Yig‘ilish ham «Markaziy» stadionimizda bo‘lib o‘tadi. Unda bir qator tashkiliy masalalar qatori, 20 fevral kuni bo‘ladigan uchrashuvda jamoalarning qanday liboslarda maydonga tushishi o‘zaro kelishib olinadi.

«Nasaf»ning o‘yinoldi rasmiy mashg‘uloti shu kuni soat 17:00da boshlanadi.

«Al Faysaliy» jamoasining o‘yinoldi rasmiy mashg‘uloti esa soat 18:00da boshlanadi. O‘yinoldi rasmiy mashg‘ulotlari ham «Markaziy» stadionda o‘tkaziladi.

Jurnalistlarga rasmiy mashg‘ulotlarning dastlabki 15 daqiqasini kuzatish imkoniyati beriladi.

O‘yinoldi matbuot anjumanlarida va jamoalarning rasmiy mashg‘ulotlarida klubimiz tomonidan akkreditasiyadan o‘tgan jurnalistlar ishtirok etishlari mumkin.

«Nasaf» PFK matbuot xizmati

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 11:49, 17.02.2018.
O'qildi: 2681 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.