“Napoli” bugun Italiya chempionatining 25-tur doirasida SPALni qabul qilib (1:0) g‘alabaga erishdi.
Gap shundaki, ushbu g‘alaba neapolliklar uchun Italiya “A” seriyasidagi ketma-ket qozonilgan 9-g‘alaba sifatida qayd etildi. Bu natija esa “Napoli” uchun yangi rekord hisoblanadi. “Napoli”ning avvalgi ketma-ket g‘alabali seriyasi 2015/2016 yil mavsumida kuzatilgandi (8).