Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sadriddin Saymatov "Karate 1-Premier League" musobaqasida bronza medalini ko‘lga kiritdi

Sadriddin Saymatov "Karate 1-Premier League" musobaqasida bronza medalini ko‘lga kiritdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

16-18 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida karate bo‘yicha nufuzli "Karate 1-Premier League #2" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Turnirda ishtirok etgan sportchilarimiz ichida -60kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Sadriddin Saymatov bronza medalini qo‘lga kiritdi. Sportchimiz dastlabki jangida Janubiy Koreya vakili Ji Xvan Lini 6:2 hisobida, keyin malayziyalik Sentxil kumaran Selvarani faollik evaziga (0:0), uchinchi jangda ispaniyalik Matias Gomes Garsiyani 2:0 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratdi. Yarim final jangida esa afsuski, turkiyalik Samdan Yeray faollik evaziga hamyurtimizni mag‘lub eta oldi (0:0).

Bronza medali uchun kechgan jangda Sadriddin Marokash terma jamoasi a’zosi Abessalam Ameknassidan 4:3 hisobida ustun keldi va musobaqa sovrindorlari qatoridan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, Sadriddin 2017 yilgi ushbu turnirda oltin medalni qo‘lga kiritgandi. Bu yil hisobida esa u Parijdagi musobaqada bronza medali sohibiga aylangan.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 09:54, 19.02.2018.
O'qildi: 2225 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.