Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

«Lokomotiv» bugun OCHL finalchisiga qarshi o‘ynaydi

«Lokomotiv» bugun OCHL finalchisiga qarshi o‘ynaydi

Baho:
+ | -1

Bugun qit’amizda OFK Chempionlar Ligasining guruh bosqich 2-tur o‘yinlari start oladi. Mamlakatimiz chempioni – “Lokomotiv” Eronda “Zob Ohan” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Anchagina qiziqarli tarzda kechishi kutilayotgan mazkur bellashuv “Fuladshahr” stadionida o‘tkaziladi.

Ta’kidlash joizki, “Zob Ohan” klubi Isfahon provinsiyasining 2ta mashhur klubidan biridir. Uning eng asosiy raqobatchisi – “Sepahon” jamoasi sanaladi. “Zob Ohan” ushbu provinsiya markazi Isfahondan 25 kilometr uzoqlikdagi Fuladshahr tumanida joylashgan. Ushbu jamoaga mahalliy po‘lat quyish kompaniyalaridan biri homiylik qiladi. Jamoa laqabi – “timsohlar” jamoasi.

“Zob Ohan” jamoasi ancha vaqtdan buyon Eronning yetakchi klublaridan biri sanalsa-da, hali hech ham mamlakat chempionligini qo‘lga kiritmagan. Jamoa faqat 3 marta kumush medallarga ega chiqqan. Lekin “Zob Ohan” Chempionlar Ligasida ancha shov-shuv ko‘tarishga muvaffaq bo‘lgan. Eronliklar 2010 yilgi mavsumda qit’a Chempionlar Ligasining finaliga qadar yetib borib, faqatgina so‘nggi o‘yinda Janubiy Koreyaning “Seongnam” jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

OCHL-2018da esa “Zob Ohan” mag‘lubiyat bilan musobaqani boshladi. Jamoa 1-turda safarda “Ad-Duhayl”ga mag‘lub bo‘ldi – 1:3.

Ta’kidlab o‘tamiz, bugungi bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:30da start oladi. O‘yinni xitoylik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Osiyo Chempionlar Ligasi-2018
“B” guruhi. 2-tur. Isfahon (Eron). “Fuladshahr” stadioni. 17:30
“Zob Ohan” (Eron) – “Lokomotiv” (O‘zbekiston)
Bosh hakam: Fu Ming (Xitoy)
Hakam yordamchilari: Xuo Veyming (Xitoy) va Vang Deksin (Xitoy)
To‘rtinchi hakam: Masud Tufayelich (Suriya)
Uchrashuv komissari:  Anvarul Huq (Bangladesh)
Hakamlar nazoratchisi: Kadhum Auda Lazim as-Saidiy (Iroq)

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 12:25, 19.02.2018.
O'qildi: 4462 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.