Angliya OAVlarining xabariga ko‘ra, “Arsenal” “Napoli” himoyachisi Kalidu Kulibalini sotib olish uchun jiddiy maqsad qilgan.
Angliyaliklar 26 yoshli futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar mavsumida sotib olishni rejalashtirishgan.
Ma’lumki, senegallik futbolchi Italiya “A” seriyasining eng yaxshi himoyachilaridan biri hisoblanadi. Kaliduning taxminiy transfer narxi 40 million funtni tashkil etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Arsenal” skautlari Kulibali o‘yinlarini ko‘rish uchun Italiyaga yuborilgan edi.