Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Davron Fayziyev: «Qo‘qon-1912» jamoasiga superliga bahslarida omad tilayman»

Davron Fayziyev: «Qo‘qon-1912» jamoasiga superliga bahslarida omad tilayman»

Baho:
+1 | -

O‘zbekistonlik barcha futbol muxlislarining eng sevgan futbol sharhlovchisi Davron Fayziyev “Qo‘qon-1912”  futbol jamoasi haqida fikrlarini bildirdi.

– Qo‘qon jamoasining o‘yinlarini albatta kuzatib boraman.O‘tgan mavsumda bu  jamoaning o‘yinini ko‘rish judayam yoqimli bo‘ldi. Mavsum boshida va keyinchalik ham juda chiroyli o‘yin namoyish qilishdi. Jamoada ko‘p ishlar qilingani bilinib turdi. To‘g‘ri hozircha chempionlik uchun da’vogarlik qilishmagan bo‘lsa ham, jamoaning o‘z o‘yin uslubi paydo bo‘ldi. Bu uslub juda ko‘p jamoalarni qiynab qo‘ydi. Umuman, Qo‘qon shahriga katta futbolni qaytgani, stadionni muxlislar bilan to‘lib toshganlari, milliy chempionatimizning rivojiga ijobiy ta’sir qildi, deb o‘ylayman.

Endi kelayotgan mavsum haqida gapirsam. Eshitishimga qaraganda, jamoa tarkibi yangi legionerlar va mahalliy futbolchilar hisobiga yanada kuchaygan. O‘ylaymanki, jamoa o‘tgan yilgidan yomon o‘yin ko‘rsatmaydi. Bu borada jamoaga omad tilayman. Qo‘qon shahri o‘zbek futbolining vatani, futbolimizning yuziga aylangan shahar desak xato bo‘lmasa kerak. Shunday ekan “Qo‘qon-1912” jamoasi ham shunga yarasha o‘yin ko‘rsatib, superliga bahslarida munosib ishtirok etadi degan umiddaman va turnir jadvalining yuqori o‘rinlarida bo‘lishini tilakdoshiman.

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu yutuqqa  “Qo‘qon-1912” jamoasining futbolchilari ham o‘zlarining munosib hissalari qo‘shishdi. Menimcha bu futbolchilar jamoada faoliyatlarini davom ettirishyapti. Kelayotgan mavsumda  bu yosh futbolchilardan yanada yorqin o‘yin kutyapman. Chempion futbolchilarimizning o‘zlariga bo‘lgan ishonchlari yanada ortgan bo‘lishi aniq. Men Javohir Sidiqovning o‘yinlarini o‘smirlik paytidan beri kuzatib boraman, u judayam iste’dodli futbolchi. O‘zbek futboliga hali ko‘p foydasi tegishi aniq. Bu kabi yosh futbolchilarning jamoa asosiy tarkibida bo‘lishi, Qo‘qonliklarning o‘yinlarini yanayam kuchaytiradi menimcha.

Kelayotgan mavsumda futbol ko‘rish uchun Qo‘qonga borib, u yerdagi bayramona kayfiyatni, stadiondagi ajoyib muhitni  o‘z ko‘zim bilan ko‘rmoqchiman. Qolaversa  “Qo‘qon-1912” jamoasi matbuot kotibi Akramjon aka bilan judayam iliq munosabatdamiz. U kishi meni doim Qo‘qonga taklif qilishadi. O‘ylaymanki, kelayotgan mavsumda Qo‘qonga borish niyatim amalga oshadi.

“Qo‘qon-1912” jamoasiga super liga o‘yinlarida chin dildan omad tilayman!

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 12:24, 21.02.2018.
O'qildi: 2789 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.