“Yuventus” a’zosi Jorjio Kyellini diskvalifikasiyadan qutulib qoldi.
Gap shundaki, u “Torino”ga qarshi o‘yinda raqib futbolchisi Andrea Belottining yuziga zarba bergandi. Bosh hakam bu holatni qayd etmagan bo‘lsa-da, telekameralarda muhrlanib qolgandi.
Italiya futbol federasiyasi mazkur holatga ortiqcha e’tibor qaratishni ma’qul topmadi. Shu bois Kyellini diskvalifikasiya qilinmaydigan bo‘ldi.