Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Boshqacha yondashuv ehtiyoji yoxud o‘zbek futzali haqida

Boshqacha yondashuv ehtiyoji yoxud o‘zbek futzali haqida

Baho:
+ | -

Mana, O‘zbekiston terma jamoasi futzal bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionati sovrindorlari qatoriga qo‘shildi - bronza medali.

Aslida hammamiz «oltin»» kutgandik, zero, bu borada va’da ham berilgandi. Biroq amalda bizga uchinchi probali medal nasib etdi. Ochiq tan olish kerak, jamoamizning oltin medal yutolmaganidan fojea yasamadik.

Boisi, Eron futzalining asl kuchini juda yaxshi bilamiz va yirik hisobli mag‘lubiyatni go‘yoki, qonuniyat o‘rnida qabul qildik. Axir Eron futzalda o‘z nomi bilan Eron-da.

Chunonchi, yarim final bahsida hisob yanada yirikroq ko‘rinish olishi ham hech gap emasdi. Eronlik futzalchilar Braziliya, Portugaliya va Ispaniya jamoalarini haqiqiy raqib sifatida ko‘rishadi. Biz esa hozircha ancha poygakdamiz...

SAVIYA

Eron futzali Osiyoda nafaqat O‘zbekiston, balki boshqa har qanday mamlakat mini-futbolidan bir bosh ustun turishini har birimiz yaxshi bilamiz. Dunyo futbolida Braziliya termasi nechog‘li vajohatli ko‘rinsa, Osiyo futzalida Eron jamoasi shu qadar qo‘rqinchli.

Ha, qit’a birinchiligi oldidan ayrimlar forslar termasida avlodlar almashuvi boshlangani va bu holat bosh-qa yetakchilar qatori bizning jamoaga ham qo‘l kelishi mumkinligini ta’kidlashgandi.

Xuddiki, bizga avlodlar almashuvi jarayoni yotdek. Ko‘rdik, forslarda avlod qanchalik almashmasin, o‘yin sifati o‘zgarmay qolaverar ekan.

Tan olish kerak, o‘zbek futzali oxirgi yillarda sezilarli ko‘tarilishga erishdi. Buni inkor etish ahmoqlik bilan teng. Birgina mundialdagi ishtirokning o‘zi ko‘p narsani anglatadi. Ammo shuning barobarida alohida aytish kerakki, o‘sha ko‘tarilish ko‘p jihatdan bir inson - Xose Mariya Mendez bilan bog‘liq.

Ispan mutaxassisining terma jamoada olib borgan ishi darhaqiqat, tahsinga loyiq. Ehtimol, u yangi nomlarni uncha kashf etmagandir, ammo futzalchilarimizda o‘z salohiyatlariga nisbatan ishonch hissini uy-g‘otdi. Natijada yigitlarimiz bir bosh baland sakray olishlarini amalda ham isbotladilar. Saviya shunday oshmasa, qanday oshadi?

Ammo o‘zbek futzalini yuqori ko‘tarish uchun shuning o‘zi yetarlimi? Osiyo chempionatida Eron termasidek vajohatli raqibni yengib, chempionlikni tantana qilish uchun bir bosh baland sakrash kifoyami?

Javobga hojat yo‘q. Xitoy Taypeyida tashkillashtirilgan Osiyo chempionati futzalimizning bugungi asl saviyasini ko‘rsatib berdi. Deylik, Bahodir Ahmedov shogirdlari guruhning so‘nggi turida yaponlarga yutqazmaganlarida, «pley-off»ga 1-o‘rin orqali chiqishardi. Shunday taqdirda vakillarimiz finalga qadar Eron termasiga duch kelishmasdi.

Ehtimolki, shunda kumush medal bizni to‘liq qanoatlantirar va so‘nggi bahsda forslardan uchralgan mag‘lubiyatni yengilroq qabul qilarmidik... Masalan, 2 yil muqaddam Toshkentda bo‘lib o‘tgan musobaqada xuddi shunday ssenariy kuzatilgan va hamma baxtiyor holda uy-uyiga qaytgandi.

Shundan buyon futzalimizni ko‘tarish uchun qanday choralarga qo‘l urdik? Aftidan, bundan keyin ham finalgacha Eron termasi bilan ro‘baro‘ kelmaslik yo‘llarini qidiramiz, shekilli.

MO‘’JIZA

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:08, 22.02.2018.
O'qildi: 2853 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.