Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Stadiondagi ajal: «Spartak» va «Atletik Bilbao» o‘yini arafasida nimalar ro‘y berdi? (video)

Stadiondagi ajal: «Spartak» va «Atletik Bilbao» o‘yini arafasida nimalar ro‘y berdi? (video)

Baho:
+1 | -1

Bilbao shahrida Yevropa ligasi bahslari doirasidagi uchrashuv arafasida futbol ishqibozlari o‘rtasida ro‘y bergan to‘qnashuv natijasida ispan polisiyachisi halok bo‘ldi. Bu haqda «Euronews» xabar bermoqda.

Nizo Moskvaning «Spartak» hamda mahalliy futbol klublarining muxlislari o‘rtasida kelib chiqqan. Rossiyadan kelgan yuzlab ishqibozlar o‘yin o‘tkaziladigan stadionda tartisizlik yuzaga keltirishga urinishgan.

Ta’kidlanishicha, aynan rossiyaliklar «Atletik Bilbao» muxlislariga hamda stadiondagi xavfsizlik xodimlariga tashlanishgan. Halok bo‘lgan polisiyachi boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan birgalikda futbol fanatlari o‘rtasidagi kelishmovchilikni bartaraf etishga kirishgan chog‘da qurbon bo‘lgani aytilmoqda.

Mahalliy OAVning xabar berishicha, rossiyaliklar ko‘chadagi bir qancha axlat idishlarini ag‘darib barrikada yasashgan. Ular yonayotgan petardalarni shisha idishlarni uloqtirishgan. Xabarda qayd etilishicha, Moskva futbol klubining 5 nafar ishqibozi hibsga olingan.

Manba: xabar.uz
Kiritildi: 22:59, 23.02.2018.
O'qildi: 6288 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик