Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Qizilqum» Tojikiston chempioni bilan durang o‘ynadi

«Qizilqum» Tojikiston chempioni bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Toshkentda o‘tkazilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inining so‘nggi kunida “Qizilqum” futbolchilari Tojikiston chempioni, Dushanbe shahrining “Istiqlol” jamoasiga qarshi maydonga tushishdi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlangan bo‘lsada, keyinchalik tashabbus navoiyliklar tomonida bo‘ldi. Nemanya Yovanovich, Doniyor Usmonov, Erkin Boydullayev tomonidan yo‘llangan zarbalarni mehmonlarning legioner posboni Stoshich muvaffaqiyatli bartaraf etib turdi. Bir vaziyatda Grigalashvilining zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

Ikkinchi bo‘limda ham navoiyliklar tashabbusni o‘z qo‘llarida saqlab turishdi. Ammo tojikistonlik futbolchilarning kam sonli hujumlaridan biri gol bilan yakunlandi. Sergey Zenkoning kuchli zarbasi “Qizilqum” himoyachilaridan biriga tegib yo‘nalishi biroz o‘zgartirdi va darvozaning uzoq burchagiga borib tushdi.

Shundan keyin ham “Qizilqum” futbolchilari hujumkorlini susaytirishmadi. 75-daqiqada Erkin Boydullayevning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi raqib himoyachilaridan biriga tegib, “rikoshet” holatida darvoza to‘ridan joy oldi – 1:1.

Bo‘lim oxirlarida navoiyliklar sardori jamoasiga g‘alaba taqdim etishi ham mumkin edi. Darvozabon bilan deyarli birga bir vaziyatga chiqib borgan tajribali yarim himoyachi to‘pni o‘zidanda qulayroqda turgan sherigiga oshirishga urindi va to‘p darvoza ustuni oldidan o‘tib ketdi. Natijada tomonlar uchrashuvni durang bilan yakunlashdi.

Nazorat uchrashuvi. 23.03.2018.

“Qizilqum”- “Istiqlol” (Dushanbe) 1:1.

Toshkent. JAR stadioni.

Bosh hakam: Ahrol Risqullayev.

Gollar: Erkin Boydullayev (75) – Nikolay Zinko (67).

“Qizilqum”: Yevgeniy Cheremisin, Muhsin Ubaydullayev, Fayzulla Qambarov, Giorgi Kvesiyeshvili, Sherali Jo‘rayev, Erkin Boydullayev, Samandar Shodmonov (Nodirxon Kamolov, 46), Mirjalol Qosimov, Doniyor Usmonov (Akmal Rustamov, 46, Elguja Grigalashvili, Nemanya Yovanovich (Andrey Sidorov, 80).

“Istiqlol”: Stoshich, Baranovskiy, Asrorov, Jalilov, Jo‘raboyev, Nazarov, M. Hasan, Tixonoveskiy, Fatxulloyev, Vosiyev, Zenko.

“Qizilqum” klubi Matbuot xizmati.

Kiritildi: 23:25, 23.02.2018.
O'qildi: 2639 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик