Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

O‘zbekiston “Futbol do‘stlik uchun” loyihasida ikkinchi bor ishtirok etadi

O‘zbekiston “Futbol do‘stlik uchun” loyihasida ikkinchi bor ishtirok etadi

Baho:
+ | -

FIFA va futbol bo‘yicha 2018 yilgi Jahon chempionatining rasmiy hamkori bo‘lgan “Gazprom” kompaniyasi “Futbol do‘stlik uchun” xalqaro bolalar loyihasining oltinchi mavsumi start olganini e’lon qildi.

Loyihaning asosiy maqsadi butun dunyodagi yosh avlod o‘rtasida do‘stlik, tinchlik, turli millat va madaniyat vakillariga hurmat kabi yuksak insoniy tushunchalarni targ‘ib qilishdan iborat. 2018 yilda “Futbol do‘stlik uchun” loyihasida 211ta mamlakat vakillari ishtirok etishadi. Mavsumning yakuni tadbirlari 8 iyundan 15 iyunga qadar Moskva shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ochiq qur’a marosimida terma jamoalarning mamlakatlar bo‘yicha tarkibi, shuningdek, ishtirokchi mamlakatlarning vakillari uchun o‘yin pozisiyalari aniqlandi. Bitta jamoada har xil millat, har xil jinsdagi va har xil jismoniy imkoniyatga ega sportchilar qatnashadi. O‘yinchilar yoshi – 12 yosh. Jamoalarni turli mamlakatlardan kelgan 14-16 yoshdagi murabbiylar shug‘ullantiradi. Tadbirlarni butun dunyodagi 5000 dan ortiq OAV yoritib boradi.

Shuningdek, “Futbol do‘stlik uchun” loyihasining Xalqaro Bolalar matbuot markazida 211ta davlatdan kelgan 12 yoshli jurnalistlar musobaqalar haqida xabarlar tayyorlab borishadi. Qur’aga ko‘ra bu yil O‘zbekistondan yana darvozabon mazkur loyihada ishtirok etadigan bo‘ldi. Nomzodlar O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi tomonidan tanlab olinadi.

“Futbol do‘stlik uchun” loyihasining final bosqichi doirasida bu yil Moskvada quyidagi tadbirlar tashkil etiladi: Xalqaro do‘stlik lageri, Turli millat va turli jins vakillari bo‘lgan yosh sportchilar o‘rtasidagi do‘stlik uchun futbol bo‘yicha 1-Jahon chempionati, Jahon va Rossiya futboli yulduzlari ishtirokida Xalqaro Bolalar futbol forumi.

“Futbol do‘stlik uchun” loyihasining 6-mavsumi rasman ochiq. Bu yil loyihada 211ta mamlakat vakillari ishtirok etadi! Tarixda birinchi marta maydonda dunyoning turli nuqtalaridan tashrif buyurgan yosh futbolchilar o‘zaro ro‘baro‘ bo‘lishadi. Bu holat ishtirokchilar o‘rtasida o‘zaro hurmat va tenglik tamoyillarini rivojlanishiga yordam beradi. “Futbol do‘stlik uchun” loyihasining asosiy maqsadi shu”, – deydi “Gazprom” OAJ Direktorlar Kengashi raisi Viktor Zubkov.

“Biz FIFAning rasmiy hamkori bo‘lgan “Gazprom” kompaniyasining ajoyib tashabbusini qo‘llab-quvvatlayotganimizdan xursandmiz, - deydi FIFA bosh kotibi Fatma Samura. – Mazkur forum turli mamlakatlardan kelgan o‘g‘il bolalar va qiz bolalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. FIFA bunday loyihalarni hamisha qo‘llab-quvvatlab keladi”.

“Bu kabi loyihalarda ishtirok etish orqali yangi do‘stlar orttirish imkoni bor. Bu esa hamisha yoqimli. Barchangiz bilan Moskvada ko‘rishamiz deb umid qilib qolaman. Hammaga omad!” – deydi Marko van Basten. 
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil “Futbol do‘stlik uchun” loyihasida O‘zbekistondan “Lokomotiv” Toshkent vakili Ilyos Ahmedov (darvozabon) va yosh jurnalist Amir Sharipov ishtirok etgandi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 12:43, 24.02.2018.
O'qildi: 4297 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик