Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

«Navbahor» yangi futbolchilarini tanishtirdi

«Navbahor» yangi futbolchilarini tanishtirdi

Baho:
+ | -1

Futbol bo‘yicha 2018 yilgi O‘zbekiston milliy chempionati Superligasi o‘yinlari oldidan «Navbahor» klubining yangi logotipi va yangi futbolchilari taqdimot marosimi o‘tkazildi.

Namangan shahridagi «Markaziy» o‘yingohining bezatilgan foyesida bo‘lib o‘tgan tadbirda Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Namangan shahar hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, viloyat futbol assosiasiyasi raisi o‘rinbosari Olimjon Isayev, klub futbolchilari, klub muxlislaridan tashkil topgan fan-klub a’zolari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Stadionda muxlislar uchun «Nafis teks group» korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan klub futbolkalari, kepkasi, sport liboslarining sotuviga mo‘ljallangan ko‘chma shaxobcha tashkil etildi. Shaxobcha har galgi o‘yin oldidan muxlislarga xizmat ko‘rsatadi.

 

Marosimda qatnashgan viloyat hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi raisi Xayrullo Bozorov  millionlar o‘yini ixlosmandlarini yangi mavsum kirib kelishi bilan qizg‘in tabriklagan. U mamlakat futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan «Navbahor» yana chempionlik uchun kurash olib boradigan davri kelganini aytib o‘tgan.

O‘tgan mavsumda jamoa «kuchli beshlik»ka kirishiga katta hissa qo‘shgan 13 nafar futbolchi bu yil ham jamoa sharafini himoya qiladi. Jamoaga ikki nafar xorijlik legioner va ichki chempionatda to‘p surgan bir qator futbolchilar jalb etildi. Kuchli tarkibni shakllantirish maqsadida «Lochinlar» safiga Serbiyadan Tomislav Pajovich va Nedad Inyas, «Olmaliq»dan Akbar To‘rayev, «Paxtakor»dan Davron Hoshimov va Behruz Sadullayev, «Buxoro»dan Zohir Pirimov va Azamat Allaniyozov, «Metallurg»dan Abxon No‘’monov, «Dinamo»dan Sardor Sulaymonov taklif qilindi.

 

Taqdimotda jamoa sharafini himoya qiladigan, yuqorida nomlari tilgan olingan futbolchilarga yangi mavsumda to‘p suradigan raqamlari yozilgan «Navbahor» liboslari tantanali tarzda topshirildi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 11:42, 26.02.2018.
O'qildi: 6088 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик