Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Ronald Kuman biografiyasidagi qiziqarli faktlar

Ronald Kuman biografiyasidagi qiziqarli faktlar

Baho:
+ | -

Gollandiya futboli rahbarlari nihoyat, mamlakat milliy jamoasiga yangi bosh murabbiy tanlashdi - Ronald Kuman.

Tushunarliki, «Everton»da ishi sira yurishmagan sobiq himoyachi oldida murakkab vazifa ko‘ndalang turibdi. U Gollandiya terma jamoasiga avvalgi vajohatini imkon qadar tezroq qaytarishi kerak.

Bu qanday vajohat ekanligini kenja Kuman juda yaxshi biladi. Katta futbolda aqlni shoshirib qo‘yadigan zarbalari bilan «Standartlar qiroli» maqomini olgan Ronald mas’uliyatli missiyani nechog‘li uddalashini vaqt ko‘rsatadi, albatta. Biz esa hozircha uning qiziqarli biografiyasiga birrov nazar solamiz.

JCH-82 SAYYOHI

1982 yil yozining issiq kuni. «Kamp Nou»ning eng yuqori qavatida o‘tirgan 19 yoshli notanish gollandiyalik nogahon yonidagi do‘stiga pichirladi: «Menga quloq tutsang-chi, shunchalik balandda o‘tiribmizki, bu yerdan hech narsani ko‘rib bo‘lmaydi.

Kim gol urganini bildingmi? Men bilganim yo‘q, lekin chamamda Bonek urdi-yov...». Maydonda Ispaniya mundiali-82 doirasidagi Polsha - Belgiya o‘yini davom etardi. Polyaklar yakunda 3:0 hisobida g‘alaba qozonishgan, Ronald Kuman esa haq edi - o‘sha kuni 3ta gol ham afsonaviy Zbignev Bonek nomiga yozilgan.

«Ispaniyaga Groningendan yengil avtomobilda  kelgan va 2 hafta davomida mazza qilgandik - ertaknamo vaqtlar» - Kuman keyinroq JCH-82 bahona amalga oshgan sayohatini shunday ta’riflagandi. U do‘sti bilan Barselonadagi ikkinchi stadion - «Sarriya»da Italiya va Braziliya termalari o‘rtasida kechgan o‘yinni ham voqea joyida kuzatgan.

O‘shanda betakror Paolo Rossi «xet-trik» qayd etib, braziliyaliklarni yarim final ostonasidan ortga qaytarib yuborgandi - 3:2. Tez orada ta’til kunlari tugaydi va Ronald Gollandiyaga qaytadi.

Oradan 7 yil o‘tgach, u yana Kataloniya poytaxtining bosh arenasida ko‘rinish bera boshlaydi - sayyoh emas, futbolchi sifatida.

KROYFFNING QO‘NG‘IROG‘I

Otasini ancha ortda qoldirgan o‘g‘il, akasidan yaqqol o‘zib ketgan uka - Ronald Kuman futbolchilar oilasida o‘sib-ulg‘aydi. Aytish mumkinki, futbol uning taqdiri ekanligi o‘z-o‘zidan ayon edi.

Biroq himoyada o‘ynashiga qaramay, hujumchilardan-da ko‘proq gol urgancha e’tiborga tushgan Ronald «Barselona»dan taklif olgach, rosa ikkilanadi va o‘ylab ko‘rishi uchun naq bir yil vaqt berishlarini so‘raydi. Kataloniya poytaxtiga esa shaxsan Yoxan Kroyff aralashuvidan keyingina yo‘l oladi - marhum murabbiy Ronaldga yangi yil oqshomi qo‘ng‘iroq qilgandi.

Kuman intervyularidan birida o‘sha voqeaga alohida to‘xtalgandi: «1988 yilning oxirgi lahzalarida Kroyffdan qo‘ng‘iroq bo‘ldi. «Oxirgi lahzalar» - bunda mubolag‘a ishlatmayapman. Darhaqiqat, 31 dekabr kuni soat chamasi 10 edi - kechqurun. Bu vaqtda turmush o‘rtog‘imning ota-onasi oldida o‘tirgandik.

Yoxan esa Madriddan qo‘ng‘iroq qilgan - «Barselona» 1 yanvar kuni «Atletiko»ga qarshi maydonga tushishini bilardim. Qisqasi, ayni o‘sha lahzalarda qo‘ng‘iroq qilishini sira kutmagandim. U go‘shakni ko‘tarishim bilan maqsadga ko‘chdi: «Ronald, bu men - Yoxan. Qo‘l ostimda o‘ynashingni istayman, jamoamga keraksan.

Kelasanmi?» Bundan bir yilcha oldin «Barselona» vise-prezidenti bilan gaplashgandim. O‘sha vaqt PSVda o‘ynardim va biz Eyndxovendagi mehmonxona oldida ko‘rishganmiz.

U «Barsa»da o‘ynash variantiga qanday qarashim haqida so‘raganida, dangal javob bergandim: «Rahmat, bu ajoyib g‘oya, biroq Gollandiyada yana bir mavsum qolmoqchiman - barchasini obdon o‘ylab ko‘raman. Agar taklifingiz bir yildan keyin ham o‘z kuchini yo‘qotmasa, unda mendan ijobiy javob eshitasiz».

OG‘IR DAM

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 20:41, 26.02.2018.
O'qildi: 2939 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.