Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Chung Mong Gyu: «O‘zbek futbolidagi islohotlarni yuqori baholayman»

Chung Mong Gyu: «O‘zbek futbolidagi islohotlarni yuqori baholayman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, 24 fevral kuni Toshkentda CAFA (Markaziy Osiyo, Eron, Afg‘oniston Futbol Assosiasiyalari) Kongressi bo‘lib o‘tdi. Mazkur kongressda ishtirok etgan Janubiy Koreya futbol assosiasiyasi prezidenti Chung Mong Gyu “UZREPORT TV” telekanaliga bergan eksklyuziv intervyusida o‘zbek futbolidagi islohotlarni yuqori baholashini aytib o‘tdi. 

“O‘zbekistonga ko‘p tashrif buyurganman. Mamlakatingiz menga yoqadi. Toshkentga yana bir bor kelganimdan mamnunman. Men KAFA kongresida FIFA kengashi a’zosi sifatida ishtirok etdim. Osiyo qit’asining Xalqaro futbol Assosiasiyalari federasiyasidagi vakiliman. Qit’amizdagi futbolga oid o‘zgarishlar, kamchiliklar va yutuqlar haqida FIFAni xabardor qilib boraman.

O‘tgan yili O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan Seulda hamda Bangkokda uchrashganmiz. Uchrashuv chog‘ida tajriba almashganmiz va bir qator muzokaralar olib borganmiz. Mening fikrimcha, O‘zbekiston Osiyoda katta salohiyatga ega. 2022 yilda O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan birgalikda Jahon chempionatida ishtirok etishiga ishonaman. Biz birgalikda qit’a futboli rivojiga hissa qo‘sha olamiz.

O‘zbekistonda futbol jadallik bilan rivojlanmoqda. Nafaqat futbolda, balki hakamlik borasida ham. Bunga misol tariqasida Ravshan Ermatovning xalqaro arenalardagi muvaffaqiyatini ko‘rsatib o‘tish mumkin. O‘zbekiston va Janubiy Koreyaning bir biridan o‘rganadigan jihatlari talaygina.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev futboldagi korrupsiyaga qarshi kurashga jiddiy e’tibor bermoqda. Men buni ijobiy baholayman. Futboli rivojlangan mamlakatlarda ham kelishilgan o‘yinlar uchrab turibdi. Mazkur jiddiy masala hal qilinmasa, futbol inqirozga yuz tutishi tayin.

O‘zbekistonda olib borilayotgan ishlar, islohotlar menda katta taassurot qoldirmoqda. Umid Ahmadjonov rahbarlik qilgan paytda O‘zbekiston paralimpiyachilari Rioda 31ta medal, jumladan, 8ta oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Bu ajoyib natijani e’tirof qilish zarur. Shuningdek, O‘zbekistonning 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari Xitoyda Osiyo chempioni bo‘lganini shaxsan guvohi bo‘lganman. Bu futbolchilar va murabbiylarning mashaqqatli mehnati samarasidir. Olib borilayotgan to‘g‘ri siyosatsiz bu muvaffaqiyatlarga erishib bo‘lmas edi, deb hisoblayman”, - deydi Chung Mong Gyu.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 23:36, 26.02.2018.
O'qildi: 3773 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.