Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Bolt hammani aldadi - u futbolchi bo‘lmaydi

Bolt hammani aldadi - u futbolchi bo‘lmaydi

Baho:
+ | -

Yamaykalik sprinter, Olimpiada o‘yinlarining 8 karra g‘olibi Useyn Bolt hammani chuv tushirgani ma’lum bo‘ldi.

Yakshanba kuni u futbol jamoasi bilan shartnoma imzolab, o‘z orzusiga yetganini e’lon qildi. Hamma o‘zicha taxmin qila boshladi: qaysi klub? uning sevimli «Manchester Yunayted»imi? «Borussiya» Dortmund?

Dushanba kuni Janubiy Afrikaning «Mamelodi Sandauns» klubi Boltning mashg‘ulotlardagi fotosuratini joylashtirib, «futbol endi umuman boshqacha bo‘ladi», deb yozdi. Natijada, hamma buyuk sprinterni JAR Premyer-Ligasida chopib yurishini tasavvur qila boshladi.

Seshanba kuni esa hammasi oydinlashdi. Bolt hech qaysi klub bilan shartnoma imzolamagan. Gap shundaki, u bilan hamkorlik qiladigan Puma kompaniyasi «Mamelodi Sandauns»ga ham homiylik qiladi. Natijada, bu tadbir shov-shuv ko‘tarish va reklama uchun qilingani oydinlashdi.

Ayni paytda Boltning tvitter sahifasida BMT bolalar fondi YUNISEF tomonidan tashkil qilinadigan xayriya o‘yini anonsi turibdi.

10 iyun kuni Bolt baribir «Old Trafford»da maydonga tushadi, ammo faqat bir marta va moziy yulduzlari jamoasi tarkibida.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 17:10, 27.02.2018.
O'qildi: 6321 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик