Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Milliy olimpiya qo‘mitasida sport federasiyalari rahbarlari bilan uchrashuv tashkil qilindi

Milliy olimpiya qo‘mitasida sport federasiyalari rahbarlari bilan uchrashuv tashkil qilindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun, 27 fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida sport assosiasiyalari va federasiyalari rahbarlari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilov hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanovlar ham ishtirok etishdi.

Uchrashuvdan maqsad bugungi kunda O‘zbekistonda rivojlanish uchun salohiyati bor, biroq ayrim sabablarga ko‘ra rivojlanishda oqsayotgan sport turlarida uchrayotgan muammolarni bartaraf etish, sport federasiyalari rahbarlarining takliflarini ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi.

"Shu paytgacha Toshkent shahri va Toshkent viloyatida velosiped sporti federasiyasi uchun baza bo‘lgandi. Hozirga kelib, qolgan viloyatlarimizda ham velosiped sportini rivojlantirmoqdamiz. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham vaziyat yaxshi tomonga o‘zgardi. Namangan, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida mahalliy hokimiyatlar yordami bilan yangi velosipedlar xarid qilinmoqda. Shu bilan birgalikda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida velosport bo‘yicha qabul kvotalarini ko‘paytirishimiz lozim. Kadrlar masalasida ham muammolar mavjud. Kuchli mutaxassislar faqat poytaxt va Toshkent viloyatida bor", - dedi velosiped sporti federasiyasi raisi o‘rinbosari Kozim O‘rinboyxo‘jayev.

Taekvondo WTF bo‘yicha bugungi kunda Respublikamizda 350 nafarga yaqin murabbiy ish olib borayotganligi qayd etib o‘tildi. Poytaxtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan terma jamoalar o‘quv-mashg‘ulot bazasida barcha sharoitlar muxayyo etilgan bo‘lsada, viloyatlarda samaradorlikka erishish, terma jamoalar uchun munosib nomzodlarni yetishtirib berish uchun assosiassiyaning hududiy bo‘limlarini sport anjomlari, xususan, elektron texnik vositalar bilan ta’minlash zarurligi aytildi.

O‘zbekiston karate milliy federasiyasi raisi Alamjon Mullayev esa terma jamoalar uchun alohida o‘quv-mashg‘ulotlar bazasi nihoyatda zarurligini ta’kidlab o‘tdi. 

"Yil davomida karate vatani hisoblangan yaponiyalik to‘rt nafar murabbiy yurtimizga tashrif buyurib, o‘zbekistonlik sportchi va murabbiylar uchun o‘quv seminarlari va mashg‘ulotlar o‘tkazib berishdi. Ya’ni terma jamoamiz a’zolari va ularning ustozlari ham nazariy, ham amaliy bilimlarini oshirib olishdi. Yaqinlashib kelayotgan Osiyo o‘yinlarida delegasiyamiz uchun kamida ikkita medal taqdim etmoqchimiz", - dedi karate federasiyasi rahbari.

Tennis federasiyasi vakillari ham o‘zlarini qiynayotgan muammolarni aytishdi. Shu bilan birgalikda Shoakram Isroilov sportning ushbu turida sog‘lom raqobat yetishmayotganligi, Denis Istomin va Iroda To‘laganova kabi tennischilarimizga haligacha munosib o‘rinbosarlar yetishib chiqmaganligi xaqida kuyunib gapirdi. Bu borada federasiyada ishlarni jonlantirish, murabbiylar malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash, o‘quv-mashg‘ulotlar sifatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.    

Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston qizlar terma jamoalari Osiyo miqyosida yaxshi natijalar qayd eta olishgani bugun ko‘pchilikka ma’lum. Qolaversa so‘nggi 3 yil ichida qizlarimiz turli yosh toifalarida uch marta jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etishdi. Federasiya rahbarlari Indoneziyada o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlarida ham gandbolchilarimiz sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib  borishlarini ma’lum qildilar.

Basketbol sohasida ham muammolar talaygina. Eng asosiy muammolardan biri sifatida terma jamoamiz uchun alohida baza mavjud emasligi qayd etildi. Garchand Ashxobodda bo‘lib o‘tgan jang san’ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlarida 3X3 basketbol bo‘yicha ayollar terma jamoamiz finalgacha yetib borib, kumush medalani qo‘lga kiritgan bo‘lsada, sportning ushbu turini rivojlantirish va ommaviylashtirish masalasida hali ko‘pgina ishlar amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Qilichbozlik bo‘yicha esa so‘nggi paytlarda ancha rivojlanish ko‘zga tashlanmoqda. "Yaqin vaqt ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Namangan vilyatlarida qilichbozlik bilan shug‘ullanish uchun zallar barpo etildi. Andijonda butun boshli yangi majmua foydalanishga topshirildi. Toshkent shahrida ham qilichbozlik bilan shug‘ullanishga yaxshi sharoitlar bor. Viloyatlarda hokimliklar bilan birgalikda mashg‘ulot zallari yaratish uchun ishlar olib borilmoqda", - dedi qilichbozlik federasiyasi raisi o‘rinbosari Muhammad Humoyun Ibragimov.

Ot sportida ham yetarli muammolar majud. Federasiya vakili Eldor Anorboyevning aytishicha, bugungi kunda mazkur sport turidagi yutuqlar asosan xususiy ot sporti maktablari hisobiga qayd etilmoqda. Shu tomonlarni hisobga olgan holda Olimpiya zaxiralari kolleji, O‘zDJTIda ham bu borada kerakli ishlar olib borilishi lozimligi qayd etildi.

Yig‘ilishda ma’lum bo‘ldiki, ko‘pgina sport turlari uchun sport bazalari katta muammo bo‘lib turibdi. Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilov mazkur muammolar albatta chuqur o‘rganib chiqilishini, o‘zbek sporti rivoji yo‘lida uchrayotgan muammolar bartaraf etilishi uchun kerakli barcha choralar amalga oshirilishini qayd etib o‘tdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 20:19, 27.02.2018.
O'qildi: 2201 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.