“Atletiko” La Liganing 26-turida “Leganes”ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi.
Mazkur o‘yinda to‘rtala golni ham Antuan Grizmann kiritdi. Fransiyalik hujumchi bu bilan “Atletiko”ning XXIasrdagi
ketma-ket ikkita o‘yinda kamida 3 ta gol urgan ilk futbolchisiga aylandi.
Grizmann oldingi turda “Deportivo” darvozasiga uchta gol kiritgandi.