Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Tom-Xenning Evrebe: «Xato qilgandim, ammo «Chelsi»ning mag‘lubiyatida aybdor emasman»

Tom-Xenning Evrebe: «Xato qilgandim, ammo «Chelsi»ning mag‘lubiyatida aybdor emasman»

Baho:
+ | -

Futbol muxlislari norvegiyalik Tom-Xenning Evrebeni 21-asrning mojaroli hakamlaridan biri sifatida yaxshi eslashadi.

U 2009 yili YECHL yarim finalidan o‘rin olgan «Chelsi» va «Barselona» uchrashuvini boshqarib, ko‘plab noto‘g‘ri qarorlarni qabul qilgandi.

«Stemford Brij»dagi o‘yindan keyin (1:1, «Kamp Nou»da 0:0), londonliklar musobaqani tark etishgandi. Oqibatda, «Chelsi» klubi hakamlar brigadasi ustidan arz qilgan.

«Aristokratlar» uchrashuv davomida Evrebe «Barsa» darvozasiga to‘rtta penalti belgilamaganini aytishgan.

Mana, oradan shuncha yillar o‘tdi, ammo aksariyat muxlislar o‘sha mojaroli qarorlarni hamon eslashadi.

Yaqinda rossiyalik jurnalist­lar Evrebe bilan suhbat uyushtirib, hakamga o‘sha uchrashuv haqida ham savollar berishdi.

- Mister Evrebe, ayni payt nimalar bilan mashg‘ulsiz?

- Hakamlikdan butkul ketganman. Ba’zida hamkasblarim yordam so‘rab turishadi. O‘shanda maslahatlarimni ayamayman. Lekin bu mening rasmiy ishim emas.

- Nima uchun? Top-darajadagi hakamlar faoliyatlarini yakunlaganlaridan keyin ham shu sohada mehnat qilishadi.

- Hozir asosan dam olish kunlari ishlayman. Shu bois bo‘sh vaqtim ko‘p. Umuman olganda, o‘zim ham shuni istagandim.

- Keling, 2009 yilning 6 mayini eslaymiz. Ushbu sanada o‘tkazilgan o‘yindagi hakamlik ishingizdan faxrlanasizmi?

- Albatta, yo‘q. U hayotimdagi eng yomon kunlardan biridir. Lekin hakamlar bilan shunaqasi tez-tez uchrab turadi, biz xato qilishimiz mumkin. Shuningdek, futbolchilar, murabbiylar ham adashishadi.

- O‘yinni qayta ko‘rganmisiz?

- Hamisha uchrashuvlarni ko‘rib, xatolarimdan xulosa chiqarganman. Lekin ayni payt referi emasman va o‘yinni yana qaytadan ko‘rishga asos yo‘q.

Shundoq ham o‘sha uchrashuvni jurnalistlar muntazam ravishda eslatib turishadi. O‘yinni muhokama qilishlariga mutlaqo qarshi emasman. Axir u faoliyatimning bir bo‘lagi.

- «Chelsi» o‘shanda to‘rtta penalti qo‘yishingiz kerakligini talab qilgan. Nima deb o‘ylaysiz, eng katta xatoingiz qaysi edi?

- Uchrashuvda bir nechta noto‘g‘ri qarorlarni qabul qilganman. Ularni har kim o‘zicha talqin etadi.

Yana qaytaraman, biz kabi futbolchilar va murabbiylar ham yanglishishadi. Lekin ularni deyarli muhokama qilishmaydi.

Uzoq faoliyat yuritganimdan, Yevropaning elit hakamlari ro‘yxatiga kirganimdan, mamlakatimning eng yaxshi hakamlaridan biri bo‘lganimdan faxrlanaman.

Afsuski, ko‘pchilik shu jihatlarni unutib, mendan o‘sha o‘yin haqida so‘rayveradi.

- Chunki o‘shanda YECHL yarim finali edi-da...

- To‘g‘ri. Boz ustiga, javob o‘yini. Hamma shokka tushib qolgan. Nima uchun «Stemford Brij»dagi uchrashuvni eslayverishlarining sababi shunda.

- Pike va Eto~Oning qo‘l bilan o‘ynaganini eslaysizmi? Bitta vaziyat o‘yinning so‘nggi daqiqalarida kuzatilgandi.

- Ha, albatta, qo‘l bilan o‘ynalgan vaziyatni ko‘rganman. Ammo muxlislarga bu qiziq emas.

Shuningdek, ushbu masalada qanday o‘ylashim ham. Tortishuvlar umrbod davom etishi mumkin.

- Vaziyatlarning birida Ballak qo‘pol ravishda sizga nimanidir isbotlamoqchi bo‘lgandi. Nima uchun uni maydondan chetlatmagansiz?

- O‘yindan so‘ng unday yoki bunday bo‘ldi, deyish oson. Eng muhimi - xatolardan tegishli xulosa chiqarish.

O‘shanda Ballakka qizil kartochka ko‘rsatmaganman. Mana shu, xolos. Maydonda qaysidir qarorni qabul qilmaganingiz sababini tushuntirib berish qiyin.

- Bosimni his qilganmisiz?

- Bunga o‘rganib qolganman.

- Uchrashuvdan keyin «Barselona» futbolchilari bilan qo‘l berib so‘rashganmisiz?

- O‘yin yakunlangach, hech qaysi o‘yinchi bilan gaplashmay, kiyinish xonasiga yo‘l olganman. O‘shanda stadiondan mehmonxonaga borish juda qiyin kechgandi.

Chunki qarorlarimizdan norozi bo‘lganlar ta’qib qilishgan. Biz faqat o‘z xavfsizligimizni o‘ylashimiz lozim edi.

- «Barselona»-«PSJ» uchrashuvini boshqargan Deniz Aytekinning harakatiga qanday baho berasiz?

- Bu haqda o‘qigandim, lekin o‘yinni ko‘rmaganman. Shu bois nimadir deyishim qiyin. Xatolar bo‘lgani aniq.

- VAR tizimi bilan bunday holatlar kuzatilmaydimi?

- Albatta. Agar o‘shanda videotakrorlardan foydalanish imkoniyatimiz bo‘lganida, hozir siz bilan o‘sha o‘yinni muhokama qilib o‘tirmasdik.

Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, VAR tizimini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman.

- Lekin «Chelsi»ning musobaqani tark etishida o‘zingizni bosh aybdor deb hisoblamaysiz?

- Bu vaziyatga qay taraflama qarashga bog‘liq. Balki ayrim qarorlarim bo‘lmaganida, «Chelsi» finalga chiqarmidi?! Lekin bunga aniq javobni ololmaymiz. Chunki, o‘yin bo‘lib o‘tgan.

Shunday ekan, «Chelsi»ning finalga chiqa olmaganiga bosh aybdorman, deb hisoblamayman.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda. 
Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 18:58, 02.03.2018.
O'qildi: 4308 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.