"Lester" klubi o‘tgan mavsum uchun moliyaviy hisobotni e’lon qildi.
2017 yilning 31 may holatigacha "tulkilar" soliq to‘laganga qadar 92,5 million funt foyda ko‘rdilar. Bu klubning YECHLdagi debyuti bilan bog‘liq bo‘ldi.
Mavsum-2015/16 bilan solishtirganda "Lester"ning foydasi 76,1 mln funtga ortdi.
Shu tariqa, "tulkilar" mavsum-2016/17da "Chelsi" (15,3 mln) va "Liverpul" (39 mln) klublarini ortda qoldirdi.