Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Abdumavlon Abdujalilov: “Bunday muhitda to‘p surishni har qanday futbolchi xoxlaydi”

Abdumavlon Abdujalilov: “Bunday muhitda to‘p surishni har qanday futbolchi xoxlaydi”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov jamoaning Superligadagi ilk o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Kuni kecha mahoratli darvozabon “Neftchi” klubi rasmiy sayti uchun intervyu berib o‘tdi.

Abdumavlon, dastlab Farg‘onada bo‘lib o‘tgan “Nasaf”ga qarshi bahs haqida o‘z fikrlaringizni bildirib o‘tsangiz ?

- Ko‘pchilik ta’kidlab o‘tganidek, muxlislarga manzur bo‘ladigan o‘yin guvohi bo‘ldik. Ilk o‘yinimiz bo‘lgani uchun baribir biroz futbolchilar bir-birlarini tushinishlari qiyin kechdi. Bu vaqtincha holat sanaladi. Umuman olganda, “Neftchi” yaxshi o‘yin ko‘rsatdi.

Hozir “Neftchi” futbolchilari orasida qanday muhit mavjud?

- Ichki muhit a’lo darajada deyishim mumkin. Futbolchilarni ko‘zida shijoat bor. Klubdagi o‘zgarishlar ijobiy natija bermoqda. Ayniqsa jamoaga haqiqiy futbolning jonkuyar insonlari rahbar bo‘lganini alohida aytib o‘tish o‘rinlidir. Klubda bizga hamma sharoitlar yaratib berilgan.

“Nasaf” Sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Qarshi jamoasi garchi yetakchilarini boshqa jamoalarga qo‘yib yuborgan bo‘lsada, o‘tgan yilgidek kuchli jamoa deb o‘ylayman. O‘yin uslubi o‘zgarmagan.

Stadiondagi muhit haqida bahs ishtirokchisi haqidagi fikrlaringiz?

- Fantastik muhit! Maydondagi futbolchilar ham zavq bilan to‘p surishdi. Har qanday futbolchi bunday o‘yinda to‘p surishni istaydi.

Farg‘onaliklarning ishqibozligi borasida munosabat bildirsangiz?

- Muxlislarga katta rahmat! Faqat qoyil qolish kerak. O‘yinda muxlislar futbolchilarni ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatlab borishdi.

Hojiakbar Jabborov suhbatlashdi

Manba: www.fcneftchi.uz
Kiritildi: 12:24, 03.03.2018.
O'qildi: 3124 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик