UYEFA 1992 yili klublar o‘rtasidagi asosiy turnir tizimini o‘zgartirib, katta moliyaviy yurishga asos soldi.
Aniqroq aytsak, Chempionlar kubogi musobaqasi o‘rnida CHL yo‘lga qo‘yilgach, tashkilot misli ko‘rilmagan daraja ko‘p foyda ko‘ra boshladi. Zero, turnir endilikda ko‘proq jamoalar, demakki, ko‘proq mamlakatlarni qamrab olmoqda.
Shunga muvofiq, televizion huquqlar sotuvidan katta pul tushmoqda. Xullas, UYEFA o‘tgan mavsumga qadar turnir orqali naq 2,350 milliard yevro topdi va shundan 1,300 milliardini ishtirokchi klublarga taqsimlab berdi.
Yangi formatdagi turnirning chin «qiroli» - bu 6 marta kubok yutgan «Real Madrid» («Barselona» esa 4 marta g‘oliblik nashidasini surgan).
Shunday ekan, UYEFA ajratgan mablag‘dan eng ko‘p ulush «Madrid»ga nasib etgani birovni ajablantirmasligi kerak.
Xullas, o‘tgan mavsum yakunida «Qirollik klubi»ning umumiy daromadi 689,5 million yevroga yetdi.
CHLning ilk mavsumida g‘alaba qozongan «Marsel» 3,8 million yevro olgan bo‘lsa, keyingi g‘olib - «Milan»ga 6,1 «limon» tekkandi. Qarang, naqadar katta o‘sish dinamikasi...
Biroq bu raqamlar CHL-2016|2017 g‘olibi - «Madrid» g‘aznasiga tushgan mablag‘ oldida hech narsa emas. Diqqat qiling, «Qirollik klubi» oxirgi g‘alabasi sharofati bilan naq 81 million yevroga boyidi.
Qizig‘i, «qaymoqranglilar»ga CHLdagi ilk muvaffaqiyat uchun atigi 12,9 «limon» berilgandi.
«Real»ning joriy turnir chorak finalidagi raqibi - «PSJ»ga kelsak, bu jamoa mavsum-2012|2013dan keyin 285 million yevro ishladi. Aslida umumiy daromadni klublarga taqsimlash tizimi ancha murakkab: barqaror to‘lov 60 foizga teng, 40 foizi esa reklama ishlariga bog‘liq.
Aniqroq ifoda etsak, DAVOMI
InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.