“Tottenxem” klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoaning yangi a’zosi Lukas Moura bugungi o‘yinda asosiy tarkibdan maydonga tushishga tayyor ekanini aytib o‘tdi.
“O‘ylaymanki Moura asosiy tarkibda maydonga tushishga to‘liq tayyor. U yangi do‘stlari va jamoa muhitiga deyarli o‘rganib bo‘ldi. Shuning uchun Moura asosiy tarkibda jamoaga yordam bera oladi deb o‘ylayapman”, - dedi Pochettino.
Eslatib o‘tamiz, “Tottenxem” bugun o‘z maydonida “Xaddersfild”ni qabul qiladi.