Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 00:00 Germaniya 2-0 Daniya
30/06 05:00 Kanada 0-0 Chili
30/06 05:00 Argentina 2-0 Peru
30/06 20:00 Nasaf 3-2 Navbahor
30/06 20:00 Metallurg 1-4 Olimpik
30/06 21:00 Angliya 2-1 Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya 4-1 Gruziya
01/07 05:00 Yamayka 0-3 Venesuela
01/07 05:00 Meksika 0-0 Ekvador
01/07 19:30 Neftchi - Paxtakor
01/07 21:00 Fransiya - Belgiya
02/07 00:00 Portugaliya - Sloveniya
02/07 06:00 AQSh - Urugvay
02/07 06:00 Boliviya - Panama
02/07 21:00 Ruminiya - Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya - Turkiya

Yangi qaror loyihasi Umid Ahmadjonov boshchiligida yana bir bor muhokama qilindi

Yangi qaror loyihasi Umid Ahmadjonov boshchiligida yana bir bor muhokama qilindi

Baho:
+ | -

Bugun, 3 mart kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida Respublika sport federasiya va assosiasiyalar rahbarlar ishtirokida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Uchrashuvda Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, Bosh kotib Jasur Matchanov bilan birgalikda, yurtimizdagi suv sporti, kamondan otish, yengil atletika, badminton, boks, baydarka va kanoeda eshkak eshish, velosport, ot sporti, qilichbozlik, futbol, golf, gimnastika, gandbol, chim ustida xokkey, dzyudo, karate, zamonaviy beshkurash, o‘q otish, stol tennisi, taekvondo, triatlon, voleybol, og‘ir atletika hamda sport kurashlari federasiyalari rahbarlari ishtirok etdilar.

MOQ rahbari sport federasiyasi mas’ullaridan sport turlarini tubdan isloh qilish, to‘g‘ri yo‘nalish berish bo‘yicha takliflarni so‘radi.

Shuningdek, Umid Ahmadjonov bundan buyon sportchilar qat’iy tartib asosida musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishlari, bu masalada yangi mexanizm ishlab chiqish fursati allaqachon yetib kelgani haqida gapirdi.

"Sportchilarimiz uchun barcha sharoitni yaratib berishga tayyormiz. Ularga stipendiyalarni to‘lashda davom etamiz. Kerak bo‘lsa to‘lanadigan pul miqdorini ham bir necha marta oshirib bera olamiz. Faqat ular bilan shartnoma imzolaymiz. U yerda o‘z talablarimiz bo‘ladi. Yengil atletikachi kuniga necha km masofa yugurishi kerak? U ertalab nechchida uyqudan turishi lozim? Qanday ovqatlar iste’mol qilyapti? Kechqurun choyxona-yu, restoranlarda yurmayaptimi? MOQ qoshida ularni nazorat qiladigan inspeksiya tashkil qilinadi. Shartnomadagi shartlarga amal qilmaganlar jazolanadi. Sportchida qat’iy tartib bo‘lishi lozim. Maqsadimiz - sportchilarimizni qat’iy tartib asosida musobaqalarga tayyorlash. Tartib bo‘lgan joyda natija ham bo‘ladi", - dedi Umid Ahmadjonov.

Yig‘ilishda seleksiya ishlariga alohida e’tibor qaratilishi lozimligi yana bir bor ta’kidlandi.

"Yosh iqtidor egalarini maktablardan tanlab olamiz. Keyin esa ular ixtisoslashtirilgan sport maktablariga o‘tkaziladi. So‘ngra talabga javob beradiganlar Olimpiya zaxiralari kollejiga qabul qilinadi. Shuningdek, Olimpiya zaxiralari kollejlarida tahsil olayotgan 600 nafar sportchilar orasidan 50 ta eng iqtidorlilarini tanlab olamiz va ular kolejlar qoshida tashkil etiladigan Olimpiya markazlarida 24 yoshgacha biz bilan bo‘lishadi. Aks holda, ushbu kollejlar bitiruvchilari ko‘p hollarda ko‘chada qolib ketmoqda. Ana shundagina biz selekssiyaning mukammal tizimini yarata olamiz", - deb kuyunib gapirdi MOQ rahbari.

Bundan buyon Olimpiya zaxiralari kollejlariga sportchilar federasiya vakillaridan tashkil topgan komissiya ishtirokida tanlab olinadi.

Qolaversa yig‘ilishda Chimyon, Zomin, Qashqadaryo va Namanganda olimpiyachilar shug‘ullanib, yig‘in o‘tkazishlari uchun yangi bazalar bunyod etilishi haqida ma’lum qilindi. Umid Ahmadjonov davlat tomonidan sport sohasi uchun ajratilayotgan pullarni to‘g‘ri yo‘naltirish uchun mutaxassislardan taklif so‘radi.

"Bilasizmi? Viloyatlarda mahalliy byudjetdan sport sohasini rivojlantirish uchun har yili juda milliardlab mablag‘ ajratiladi. Biz bu pullarni to‘g‘ri sarflashimiz, samarali ishlatishimiz lozim. Ana shundagina natijalar o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi", - dedi Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti.

Yig‘ilishda ot sporti federasiyasi bosh kotibi Eldor Anorboyev sportning ushbu turini rivojlantirish yo‘lida qanday ishlar amalga oshirilayotganligi haqida gapirib berdi.

"Ot sporti federasiyasi viloyatlardagi holatni ham borib o‘rgandi. Shunga amin bo‘ldikki, deyarli har bir bo‘limda baza bilan bog‘liq muammolar bor. Federasiya tizimidagi tashkilotlarda anjomlar yana bir bor inventarizasiya qilib chiqildi. Bizning sportimizda asosiy inventar ot hisoblanadi. Shunga qarab, qaysi xududda ot sportini yanada rivojlantirish uchun imkoniyat borligi, qaysi xududlarda buning uchun sharoit yo‘qligi o‘rganib chiqildi.

Shuningdek, MOQ rahbariyatiga ixtisoslashtirilgan sport maktablaridan ot sportini ajratish taklifini berdik. Chunki, sportning ushbu turi uchun alohida sharoitlar lozim bo‘ladi. Aytmoqchimanki, ishni quyi bo‘g‘inlardan boshlab ko‘rib chiqmasak, muammolarning yechimini topish qiyin. Ot sporti federasiyasi shu yo‘ldan ketmoqda", - dedi federasiya bosh kotibi Eldor Anorboyev.

Bu kabi yig‘ilishlar Milliy olimpiya qo‘mitasida hali ko‘p o‘tkaziladi. Maqsad – mamlakatimizda sportni rivojlantirishning yangi, mukammal tizimni yaratish, xalqaro maydondagi g‘alabalar salmog‘ini oshirish, Olimpiya harakati va sportning ommaviyligini oshirishdir.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:46, 03.03.2018.
O'qildi: 4552 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.