Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/01 22:30 Kristal Pelas 1-1 Fulhem
01/01 22:30 Liverpul 0-0 Lids
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari - Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano - Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal

Superliga. «Buxoro» qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi

Superliga. «Buxoro» qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Buxorodagi "Sport sog‘lomlashtirish majmuasida" Superliganing 1-turi doirasida markaziy o‘yinlardan biri bo‘lib o‘tdi. "Buxoro" klubi o‘z uyida "Qo‘qon-1912"ni qabul qilib, qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi.

Uchrashuv kurashlarga boy tarzda kechdi. Mezbonlar butun o‘yin davomida hujumkor o‘yin namoyish qilishgan bo‘lsa, qo‘qonliklar ishonchli himoyalanib, qarshi hujumlardan foydalanishga harakat qilishdi. Buxoroliklar bir nechta vaziyatda darvozaga aniq zarba berishning imkonini topa olishmadi. Shuningdek, No‘’mon Hasanov shogirdlarida ham gol urish uchun imkoniyatlar bo‘ldi, ammo ularga aniqlik yetishmadi.

Nihoyat, bahsning 78-daqiqasida Baqoyev shogirdlari standart vaziyatdan foydalanib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani Qutiboyev bosh bilan darvozabon maydonchasiga oldiga tashlab berdi. "Qo‘qon-1912" himoyachilari bu joyda Filiposyanni qarovsiz qoldirishdi va Artyom yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, "Buxoro" mavsumni g‘alaba bilan boshladi.

Superliga
1-tur
“Buxoro” – “Qo‘qon-1912” – 1:0 (0:0)
Gol: Artyom Filiposyan – 78.
“Buxoro: 30. Asilbek Amonov, 7. Aslanmurod Amanov (77. Javohir Qahramonov-46), 8. Salamat Quttiboyev, 10. Shavkat Salomov, 11. San’at Shixov, 16. Artyom Filiposyan, 18. Shavkat Mullajonov, 22. Shaxboz Erkinov (14. Bahodir Nasimov-46), 27. Rabbim Hasanov, 86. Aziz Ibragimov (55. Rahmatullo Berdimurodov-76), 89. Sergey Ruseskiy.
Zaxira: 1. Akmal Tursunbov, 3. Bobur Amanov, 5. Marko Klasura, 9. Nozim Umurov, 17. Akobir To‘rayev, 66. Mirjalol Jumayev.
“Qo‘qon-1912”: 1. O‘tkir Yusupov, 5. G‘iyos Komilov, 9. Nosir Otaqo‘ziyev, 10. Javohir Sidiqov, 17. Quvondiq Ro‘ziyev, 19. Suhrob Berdiyev, 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. Darko Gojkovich, 65. Marko Milich, 96. Muhammadanas Hasanov.
Zaxira: 30. Islom Abdullayev, 14. Avaz Mamatxo‘jayev, 15. Oybek Rustamov, 29. Igor Taran, 44. Ismoil Oxunjonov, 97. Muslim Qurbonov.
Hakamlar: Vladislav Seytlin, Temur Galeev, Aleksandr Sidorov, Akobir Shukurullayev.
Nazoratchi: Aleksandr Popov.
Komissar: Ma’mur Saidqosimov.

Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida har ikki jamoada ham darvozani ishg‘ol etish uchun vaziyatlar vujudga keldi. Lekin ulardan foydalana olmaslik oqibatida jamoalar tanaffusga 0:0 hisobida chiqib ketishdi.

Ikkinchi taym ham shiddatli va keskin kurashlar ostida boshlandi.

61-daqiqada Muhammadanas Hasanovning boshi bilan bergan zarbasi muxlislarni hayajonga soldi. 70-daqiqada mezbonlar hujumi juda xavfli ko‘rinish oldi. So‘nggi pallada himoyachilarimiz to‘pi qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi. 76-daqiqada Xolmuhammedovning zarbasi darvozabon to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

79-daqiqada burchakdan oshirib berilgan to‘pni Artyom Filiposyan darvozamizga aniq yo‘llab hisobni ochdi.

Qolgan daqiqalardagi hujumlarimiz samara bermadi. Natijada Superligani mag‘lubiyat bilan boshladik.

Superliga, 1-tur

“Buxoro” – “Qo‘qon-1912” – 1:0 (0:0)

Hakamlar: Vladislav Seytlin, Temur Galeev, Aleksandr Sidorov, Akobir Shukurullayev.

Nazoratchi: Aleksandr Popov.

Komissar: Ma’mur Saidqosimov.

Gol: Artyom Filiposyan – 79.

“Buxoro: 30. Asilbek Amonov, 7. Aslanmurod Amanov (77. Javohir Qahramonov-46), 8. Salamat Quttiboyev, 10. Shavkat Salomov, 11. San’at Shixov, 16. Artyom Filiposyan, 18. Shavkat Mullajonov, 22. Shaxboz Erkinov (14. Bahodir Nasimov-46), 27. Rabbim Hasanov, 86. Aziz Ibragimov (55. Rahmatullo Berdimurodov,, 89. Sergey Ruseskiy.

Zaxira: 1. Akmal Tursunbov, 3. Bobur Amanov, 5. Marko Klasura, 9. Nozim Umurov, 17. Akobir To‘rayev, 66. Mirjalol Jumayev.

“Qo‘qon-1912”: 1. O‘tkir Yusupov, 5. G‘iyos Komilov, 9. Nosir Otaqo‘ziyev, 10. Javohir Sidiqov, 17. Quvondiq Ro‘ziyev, 19. Suhrob Berdiyev, 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. Darko Gojkovich, 65. Marko Milich, 96. Muhammadanas Hasanov.

Zaxira: 30. Islom Abdullayev, 14. Avaz Mamatxo‘jayev, 15. Oybek Rustamov, 29. Igor Taran, 44. Ismoil Oxunjonov, 97. Muslim Qurbonov.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:22, 03.03.2018.
O'qildi: 4543 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.