Kirish Ro'yxatdan o'tish

Umid Ahmadjonov: «Futbol muxlislar uchun»

Umid Ahmadjonov: «Futbol muxlislar uchun»

Baho:
+ | -1
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Superliganing 1-turida stadiondagi ajoyib muhit yaratgan muxlislarga minnatdorchilik bildirib o‘tdi.

“Superliganing 1-turi juda ajoyib boshlandi. Farg‘onada “Neftchi” va “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi mavsumning ochilish o‘yinida qatnashdim. Shu kuni “Istiqlol” stadioniga 20 000 ga yaqin muxlis tashrif buyurib, o‘yingohda haqiqiy bayramona muhit hukmronlik qildi. Mazkur muhitni yuzaga keltirishda sa’y-harakat qilgan klub mutassaddilari va birinchi navbatda farg‘onalik futbol ishqibozlariga alohida minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman. Guvohi bo‘lganingizdek, maydon egalari “Neftchi” futbolchilari ham bundan ruhlanib, kuchli tarkibga ega bo‘lgan “Nasaf”ga qarshi shiddatli va hujumkor o‘yin namoyish qilishdi. Aytmoqchi bo‘lganim, muxlislar stadionni to‘ldirib o‘tirishsa, maydonda ham shunga mos o‘yin bo‘ladi.

Bugun bo‘lib o‘tgan “Buxoro” – “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda ham stadion muxlislar bilan to‘ldi. Deyarli 14 000 ga yaqin muxlis o‘zlarining sevimli jamoalari qo‘llab-quvvatlash uchun Buxorodagi stadionga tashrif buyurishdi. Muxlislar bu o‘yinda ham murosasiz o‘yin guvohiga aylanishdi.

Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi barcha futbol muxlislarini stadionlarga chorlab qolaman. Futbol Siz uchun, muxlislar uchun. Stadionlarga tashrif buyurib, o‘z sevimli jamoangizni qo‘llab-quvvatlang!” – dedi Umid Ahmadjonov.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 20:20, 03.03.2018.
O'qildi: 4644 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик