Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Terma jamoamizga atalgan – vaqtinchalik qaror haqida

Terma jamoamizga atalgan – vaqtinchalik qaror haqida

Baho:
+ | -

Fevral oyining eng muhim yangiligi - bu shubhasiz, O‘zbekiston milliy jamoasiga vaqtincha bosh murabbiy tayinlangani. Ya’ni, mazkur vazifaga murabbiylik sohasida deyarli tajribaga ega bo‘lmagan Temur Kapadze tayinlandi.

Avvalroq uning o‘rnida Ro‘ziqul Berdiyev ishlaganidan ham xabaringiz bor. Keling, «Nasaf» ustozining vakolatni boshqa bir nomzodga topshirganiga to‘xtalib, Temur Kapadzening ushbu lavozimdagi imkoniyatlarini bir chamalab ko‘rsak.

O‘FA vise-prezidenti Umid Ahmadjonov o‘z intervyusida Ro‘ziqul Berdiyevning ozod etilishini «Nasaf»ning OCHLdagi ishtiroki bilan izohladi. Aniqrog‘i, ushbu mutaxassisni xalqaro musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiladigan klubimizdagi ishidan chalg‘itmaslik maqsad qilindi.

Demak, bu masalada ortiqcha tortishuvga hojat yo‘q, bizningcha. Ammo vaqtinchalik bo‘lsada bosh murabbiy o‘rniga Temur Kapadzening olib kelinishi qanchalik to‘g‘ri?

Albatta, Kapadzega hech qanday e’tiroz yo‘q. U fidoyi, jonkuyar futbolchi edi. Qaysi klubda o‘ynamasin, «Paxtakor» bo‘ladimi, «Bun-yodkor» yoki «Lokomotiv», har doim yetakchilardan bo‘lgan. Shu bois ham unga hurmatimiz cheksiz. Ammo faqat futbolchi Kapadzega. Murabbiy Kapadzeni esa hozircha tanimaymiz.

Bilganimiz - u yaqinda «Lokomotiv» murabbiylar shtabida ish boshlagandi. Endi esa O‘zbekiston milliy jamoasiga vaqtincha bosh murabbiy bo‘lib turibdi. O‘FA vise-prezidenti Umid Ahmadjonov ushbu masala yuzasidan fikr bildirarkan, «har qanday mutaxassis ishni «0»dan boshlashi, tajriba va bilim yillar davomida shakllanib borishi»ni ta’kidlagan.

Bu to‘g‘ri! Ammo shu ishni butun boshli mamlakat sharafini himoya qiladigan jamoadan boshlash mantiqqa qanchalik mos keladi? Bu bilan futbol assosiasiyasi Temur Kapadzeni bosim ostida qoldirmayaptimi?

Kapadzeni taniganlar uning insoniylik xislatiga ham urg‘u berishadi. Uning vaqti kelib kuchli murabbiyga aylanishiga shaxsan o‘zim aslo shubha qilmayman. Temur o‘zi o‘ynagan klublarda hamisha murabbiylarning maydondagi «ko‘z-qulog‘i» bo‘lib kelgan.

O‘yin oldidan berilgan ko‘rsatmalar qay darajada bajarilishi ham ko‘pincha unga bog‘liq edi. Shunday ekan, qachondir uning murabbiylik sohasida ham o‘zini sinab ko‘rishi tabiiy hol. Ammo voqealar jarayoni bu qadar tez ko‘rinish olishini uning o‘zi kutganmikan?

Avvalo, Kapadzega milliy termadagi ishida omad tilaymiz. Umid qilamizki, mart oyida Senegal va Marokashga qarshi kechadigan o‘rtoqlik o‘yin-larida u boshqaradigan jamoa yaxshi natija namoyish etadi.

Ammo Xudo ko‘rsatmasin, mabodo o‘xshamay qolsa-chi? Kaltak kimning boshida sinadi? 

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:10, 04.03.2018.
O'qildi: 11655 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик