Madridning «Real» klubi televideniyesi Ispaniya La Ligasidagi hakamlik faoliyatini keskin tanqid qildi.
Madridliklar chempionatning 8-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Vilyarreal»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Bahs davomida «Real» hujumchisi Vinisius Junior raqib futbolchisining sochidan tortgani uchun qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi.
Uchrashuvdan so‘ng «Real TV» boshlovchisi hakamlar qarorlaridan noroziligini bildirib, keskin fikrlar bildirdi.
«Real» nima bo‘lishidan qat’i nazar, Negreyraning bu sharmandali ligasida chempion bo‘ladi. Shuncha voqealardan keyin «Real»ning g‘alabasiga erishdik, Xudoyim!
Ishonging kelmaydi, chempionatning atigi 8-turida «Vilyarreal» ustidan 1:0 hisobidagi g‘alabadan keyin qahramonlik haqida gapirishga to‘g‘ri kelmoqda. Biroq Negreyraning bu iflos ligasida hakamlar o‘z qarorlari bilan vaziyatni shu darajaga olib kelishmoqda.
Butun tizim shunday qurilganki, «Real» bir o‘zi hammaga va hamma narsaga qarshi kurashmoqda.
Diomande urgan gol hisobga olindi. Vaholanki, dastlab bu gol ham aslida mavjud bo‘lmagan ofsayd sababli bekor qilingan edi.
Keyin esa Vinisiusning golini hisobga olishmadi. Holbuki, boshqa vaziyatda bunday harakatni hatto qoidabuzarlik deb ham, penaltiga sabab bo‘ladigan holat deb ham baholashmasdi», — dedi «Real TV» boshlovchisi.













