Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Ro‘ziqul Berdiyev: “Xavi kelmagani uchun biz ham Cheranni o‘yinga qo‘ymadik”

Ro‘ziqul Berdiyev: “Xavi kelmagani uchun biz ham Cheranni o‘yinga qo‘ymadik”

Baho:
+1 | -

“Nasaf” – “Al Sadd” uchrashuvi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanining navbatdagi qismida, qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etishdi.

Ro‘ziqul Berdiyev: - Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Bahsda futbolchilarimiz borlarini berib o‘ynashdi buning evaziga muhim g‘alabaga erishdik. Olqishlar menga emas, futbolchilarga tegishli. Ishqibozlarga esa alohida tashakkur bildiraman. Muxlislar stadionda ajoyib muhit yaratishdi. Biz esa ularga xush kayfiyat ulashdik. Jamoa bellashuvga ruhan yaxshi tayyorlangani chiroyli o‘yinimizga sabab bo‘ldi. Mahoratga qarshi kuchli ishtiyoq va yaxshi tayyorgarlik bilan kurashish mumkinligini isbotladik.

Cheranning yo‘qligi bizni tashvishga solgandi. Ammo uning yo‘qligini futbolchilarimiz bildirishmadi. Uning o‘rnida Islom Rashidxonov harakat qildi. "Al Sadd" ko‘proq to‘pni o‘zida saqlashga urinadigan jamoa bo‘lgani uchun, raqibimizni to‘psiz qoldirishga ko‘rsatma bergandik. Buni yigitlarimiz uddalashdi.  

Xavi? Xavi kelmagani uchun ham biz ham Cheranni o‘yinga qo‘ymadik (kuladi).

OCHL guruh bosqichidan oldin bizga autsayder sifatida qaraganlar ham bo‘ldi. Hattoki bizni bir ochko ham ishlay olmaydi degan, taxminlar ham bo‘ldi. Hozir esa hisobimizda olti ochko bor. Keyingi bosqichga chiqish uchun endi bizda ham imkon bor.

Bu musobaqa yosh futbolchilarimizga tajriba maktabi bo‘ladi. Futbolchilar mana shunday o‘yinlarda tajriba to‘plashadi. Holatdan kelib chiqib, aytish mumkinki yoshlarimiz bilan ham barcha jamoalarga qarshi munosib o‘ynasa bo‘ladi. Oxirgi ikkita uchrashuv bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Cheranni davolanishi uchun uyiga jo‘natdik. U bizdan shuni so‘radi. Yurtidagi shifokorlar unga tezda jarohatidan forig‘ bo‘lishiga yordam berishini aytgan. Umid qilamiz u Qatardagi uchrashuvda jamoamizga yordam beradi.

Jahongir Aliyev? Futbolchimiz jarohati tufayli bizga yordam bera olmayotgan edi. Endi u bizga yordam bera oladi. Unga keyingi o‘yinlarda ham imkon beramiz. Ko‘plab vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Futbolda yagona gol bilan ham uch ochkoni qo‘lga kiritish mumkin. Hujum chizig‘imizda ko‘proq yosh futbolchilar o‘ynashmoqda. Ularga biroz sovuqqonlik yetishmayapti. Bu kamchiliklarimiz ustida ishlashda davom etamiz.

Biz butun O‘zbekiston uchun, yurtimizdagi futbol ishqibozlariga yaxshi kayfiyat ulashish uchun o‘ynadik.

Asosiy vazifamiz,  o‘yin barqarorligini saqlash, shunday maromni ushlab turishga harakat qilamiz”, - dedi Berdiyev.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 10:49, 06.03.2018.
O'qildi: 9470 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик