Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl

Superliga klublari akademiyalari va bolalar maktablari mutaxassislari Yaponiya jo‘nab ketishdi

Superliga klublari akademiyalari va bolalar maktablari mutaxassislari Yaponiya jo‘nab ketishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, o‘tgan yilning noyabr oyida O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Tokio shahrida Yaponiya Futbol Assosiasiyasi Prezidenti Tashima Kodzo bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazib, ikki mamlakat Futbol Assosiyasiyalari o‘rtasidagi hamkorlik va aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishilgandi.

Ushbu kelishuv asosida O‘FA va YAFA terma jamoalari murabbiylari o‘rtasida tajriba almashish, shuningdek, ikki davlat futboli murabbiylari va tibbiyot xodimlari uchun o‘quv seminarlari tashkil etish, futbol akademiyasi murabbiylari va boshqaruv xodimlari o‘rtasida bilim va tajribalarni almashish, bolalar futboli bo‘yicha murabbiylik kurslarini tashkil etish borasidagi ishlarni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgandi.

Memorandumga javoban shu yilning 8-12 fevral kunlari Yaponiyada O‘zbekiston Superligasida ishtirok etayotgan klublarning marketing bo‘yicha mutaxassislari uchun seminar tashkil etildi. Seminar davomida Jey-liga mutaxassislari tomonidan milliy chempionatimiz klublari marketing mutaxassislari uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Shuningdek, marketing bo‘yicha mutaxassislar Jey-ligada marketing, homiylarni jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot olishdi.

Shu yilning 5 mart kuni mamlakatimizda bolalar futboli bo‘yicha faoliyat olib borayotgan futbol Akademiyalari va futbol maktablari mutaxassislari, malakali bolalar murabbiylarining bir guruhi Yaponiyaga jo‘nab ketishdi.

Maqsad, yurtimizda bolalar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish bo‘yicha Yaponiya taraqqiyot modelini va tajribasini O‘zbekistonda tatbiq qilish, yurtimizdagi bolalar musobaqalari va futbol tadbirlarida seleksiya ishlarini takomillashtirishda Yaponiya mamlakati tizimidan foydalanishdan iborat.

Mazkur safar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha Yaponiya Futbol Assosiasiyasida maxsus ishchi guruh tuzildi. Assosiasiyaning xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassisi, o‘zbekistonliklar delegasiyasiga mas’ul xodim Tomo Sugiyama o‘zbekistonliklarning Yaponiyadagi tashrifi dasturini ishlab chiqdi.

Unga ko‘ra, delegasiyamiz a’zolari 7 mart kuni Jey-Liga uchrashuvlaridan birini tomosha qilishadi, 8 mart kuni esa yaponiyalik malakali mutaxassislar semminarlarida ishtirok etishadi. Shuningdek, Yaponiya U-14, U-15 va U-18 terma jamoalari mashg‘ulotlarini kuzatib, 10 martda seminarda qatnashishadi hamda Jey-Liga o‘yinlari uchrashuvlarini tomosha qilishadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 11:57, 06.03.2018.
O'qildi: 2274 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.