Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Karlush Keyrush xaloskorlikka yaraydimi?

Karlush Keyrush xaloskorlikka yaraydimi?

Baho:
+ | -

Milliy termamizga Karlush Keyrushning bosh murabbiy bo‘lishi haqidagi gap-so‘zlar hali to‘xtaganicha yo‘q.

Aksariyat futbol ishqibozlari portugaliyalik mutaxassisni «Manchester Yunayted» ustoziga yordamchilik qilgani, shuningdek, «Real»dagi qisqa muddatli faoliyati orqali yaxshi tanishadi.

Umuman olganda esa, Keyrush haqida e’tiborga molik ma’lumotlar ko‘p. Sports.ru saytining «Uzbekskaya kuxnya» blogi mualliflari aynan shu mavzu bo‘yicha maqola tayyorlashdi. Quyida ushbu materialni hukmingizga havola etamiz.

U haqda nima bilamiz?

64 yoshli mutaxassis mashhurlikka ko‘pchilik ta’kidlaganidek, Fergyusonga assistentlik qilgan paytlari erishmagan. Portugaliyaliklar Keyrushni 80-yillarda tanishgan, o‘shanda bu murabbiy o‘z mamlakatidagi yoshlarni JCH g‘olibiga aylantirgandi.

Umuman, portugaliyaliklar U-20 toifasida ikki marta jahon kubogiga ega chiqishgan. O‘shanda Portugaliya termasida yangi avlod vakillari namoyon bo‘lishdi. Ular orasida Luish Figu hamda Rui Koshta singari kelajak yulduzlari bor edi.

Ma’lum vaqtdan so‘ng Keyrush Portugaliya termasidan taklif oldi, voqealarning keyingi rivojidan esa xabardorsiz. Uning «mehnat daftarchasi»da turli termalar, Madridning «Real»i, «MYU» va hozirda aqlli o‘yin namoyish etayotgan Eron milliy jamoasidagi ishlari qayd etilgan.

Aytishlaricha, Keyrush va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi dastlabki kelishuvga erishishgan, portugaliyalik mutaxassis bilan yozda o‘tadigan jahon chempionatidan so‘ng shartnoma imzolanishi ko‘zda tutilgan.

E’tiborlisi, hozirgi jamoasini ikki marta mundialga olib chiqqan murabbiy Eron termasini qatorasiga besh yil boshqarish orqali ushbu yurt bosh jamoasi tarixiga kirdi.

Tanlov nega cho‘zildi?

Boshqa tomondan, aynan Keyrushning tanlanishi, moslashish jarayoni va boshqa ko‘plab faktorlar bo‘yicha savollar tug‘ilyapti. Ta’kidlash joizki, portugaliyalik mutaxassis varianti zamirida o‘ziga yarasha asoslar yotibdi.

O‘tgan yilning kuzida O‘FF rasmiy saytida muzokara o‘tkazilayotgan murabbiylar ro‘yxati e’lon qilindi. Ular orasida Keyrush yo‘q edi. Agar uni boshqa nomzodlar bilan solishtirsak, darhaqiqat, portugaliyalikning ko‘p jihatdan ustunlikka ega ekanligi oydinlashadi.

Rasmiyatchilik nuqtai nazaridan o‘sha ro‘yxatga kiritilgan Miodrag Radulovichdan farqli o‘laroq, Keyrush kuchli taktik hisoblanadi va buni Erondagi faoliyati davomida ko‘rsatib qo‘ydi.

Slaven Bilich yoki Bert van Marveyk singari murabbiylarga solishtirganda esa, Karlushning jismoniy holatni yaxshilash bo‘yicha bilim borasida ustun ekanini ko‘ramiz.

O‘zbekiston termasida esa aynan shu jihat bo‘yicha muammolar yo‘q emas. Shuning­dek, Keyrush milliy jamoada aqlli va sermahsul o‘yin tashkil etish ko‘nikmasiga ega.

Qolaversa, nomzodlar orasida Osiyoda ishlash tajribasi yuqoriligi bo‘yicha Keyrushga teng keladigani topilmaydi. Portugaliyalik mutaxassis Erondan avval BAA termasida ishlagan bo‘lsa, 90-yillarda Arsen Vengerdan Yaponiyaning «Nagoya Grampus» klubini qabul qilib olib, Osiyo kubok egalari kubogi finaliga qadar yetib borgan.

Shuningdek, Keyrush JAR milliy jamoasini JCH-2002ga olib chiqqan, ammo saralash yakunida termani tark etgandi.

Taktika ustasi

Eron termasi asosan 4-2-3-1 sxemasida foydalanadi. Bu uslub o‘yin davomida tez-tez o‘zgaradi. Murabbiyning yana bir o‘ziga xos xususiyati - o‘z jamoasining imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanadi.

The Guardian mualliflaridan biri Keyrushga «kuchli pressingga asoslangan himoyaviy o‘yin ustasi» deya ta’rif bergandi. Ammo bu ham hali hammasi emas.

Eronliklarda xuddi O‘zbekiston termasida bo‘lgani kabi kuchli qanot xavbeklari bor va ularning bir necha marta 4-2-1-3 sxemasini 4-4-3ga o‘zgartirishganiga guvoh bo‘lganmiz. Qo‘shimchasiga, Keyrush qanot hujumchilarining o‘rnini tez-tez almashtiradi.

O‘zbekiston milliy jamoasida ish boshlasa, aynan shu jihatdan asosiy qurol sifatida foydalansa, ajabmas. Zero, termamiz mazkur masalada boy zaxiraga ega.

«Oq bo‘rilar»ga qarshi bahslarda eronliklar deyarli har gal g‘alaba qozonishgan. So‘nggi beshta uchrashuvda O‘zbekiston termasi faqat bitta gol va bitta yutuq qayd etgan. Ammo o‘sha muvaffaqiyatni barcha muxlislar hamon yaxshi eslashadi.

Ishqibozlarga to‘lib-toshgan «Ozodi»da Ulug‘bek Baqoyev tomonidan urilgan g‘alaba goli yoddan chiqmaydi. Bu tasodifmidi yoki haqiqat qaror topganmidi, noma’lum, biroq keyingi mag‘lubiyatlar o‘zbek murabbiylarining daraja borasida Keyrushdan ortda qolganliklarini ko‘rsatdi.

Umuman olganda, portugaliyalik murabbiyga O‘zbekiston termasining xaloskori sifatida qarash noto‘g‘ri bo‘ladi. Chunki o‘zbek futboli murakkab davrni boshdan kechirdi.

Muxlislar g‘alabalarni xohlashadi, ko‘pchilik o‘yin ko‘rish uchun stadionga bormaydi. Ayrimlar O‘zbekistonda futbol yo‘q, deb hisoblashadi va mazkur holatda muhim muvaffaqiyatlarga jiddiy qarashmaydi. Aksariyat ishqibozlarning milliy jamoaga ishonchi yo‘qolgan.

Keyrushning vazifasi faqat JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritish bilan cheklanmaydi. U bir-ikki yil ishlab, pul yig‘ib, o‘z yurtiga jo‘nab qolishi hech gap emas. Oqibatda o‘zbek futboli bir joyda to‘xtab qolaveradi.

Yoki barchasi aksincha ko‘rinish olishi mumkin: portugaliyalik mutaxassis O‘zbekiston termasi bilan yorqin natijalar qayd etib, o‘zbek futboli tarixiga kiradi. Bu juda murakkab «missiya», ammo voqealar aynan shunday rivoj topishiga ishongimiz keladi.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 17:55, 06.03.2018.
O'qildi: 7042 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.