Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Pro-liga: "Istiqlol" xorijda tayyorgarlik ko‘rmoqda

Pro-liga: "Istiqlol" xorijda tayyorgarlik ko‘rmoqda

Baho:
+ | -

Farg‘onaning “Istiqlol” jamoasi "Pro-liga" baxslariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rish maqsadida qo‘shni Qirg‘iztonning O‘sh shahrida tashkil etilgan «Sulaymon too Kubogi» turnirida ishtirok etmoqda.

Sakkizta jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda musobaqalashayotgan turnirda farg‘onaliklar “A” guruhida mamlakat oliy ligasining “Akademiya” (O‘sh), hamda birinchi liga vakillari “Qizil mehnat” (O‘sh) va “Jalolobod” (Jalolobd) jamoalariga qarshi maydonga tushmoqda. “V” guruhini esa oliy liganing “Neftchi” (Qo‘chqor Ota), birinchi liganing “O‘sh”, “Lining”, “Shaxtyor” (barchasi O‘sh shahridan) jamoalari tashkil etgan.

“Iftixor” kecha “Jalolobod” jamoasin  yirik – 12:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishning uddasidan chiqdi. To‘plarni S.Asqaraliyev, E.Akbarov, T.Tolipov, R.Ayvazov (ikkitadan), A.Xojimirzayev, A.Sultonov, T.Sultonov, O.Isroilov kiritishdi.

Hamyurtlarimiz navbatdagi o‘yinni bugun Qirg‘iziston chempionati oliy ligasi vakili “Akademiya”ga qarshi o‘tkazishadi. Guruhdagi so‘nggi uchrashuv esa ertaga, “Qizil mehnat” jamoasiga qarshi belgilangan.

Guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar yarim finalga yo‘llanma olishadi, uchinchi va to‘rtinchi o‘rindagi jamoalar ham o‘zaro kuch sinashishadi. Final uchrashuvi 10 mart kuniga rejalashtirilgan.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 11:27, 07.03.2018.
O'qildi: 4406 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.