Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Eslatma: O‘zbekiston OTJ vodiyda Saudiya Arabistoni bilan 2ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Eslatma: O‘zbekiston OTJ vodiyda Saudiya Arabistoni bilan 2ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida g‘alaba qozonib, butun o‘zbek xalqiga haqiqiy bayram tuhfa etgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining oldida yana bir jiddiy vazifa turibdi.

Shu yilning avgust oyida Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida aynan Xitoyda chempionlikka erishgan futbolchilar ishtirok etishadi. Bo‘lg‘usi musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish uchun O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi kuchli jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishni rejalashtirgan.

Jumladan, shu yilning mart oyida Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan O‘zbekistonda ikkita o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Xabaringiz bo‘lsa, O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi 1-vise prezidenti Umid Ahmadjonov Farg‘onaga uyushtirgan safari chog‘ida vodiyda xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish va bu yerdagi futbol muxlislari uchun haqiqiy bayram tashkil etish bo‘yicha va’da berib o‘tgandi.  

Ana shu va’daga muvofiq, Saudiya Arabistoniga qarshi dastlabki o‘rtoqlik o‘yini 21 mart kuni Farg‘onada bo‘lib o‘tadi. Oradan 4 kun o‘tib 25 mart kuni O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Andijonda Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi. Bu o‘rtoqlik o‘yinlari vodiydagi futbol muxlislari uchun Navro‘z bayramiga haqiqiy tuhfa bo‘lishi aniq.

Mazkur o‘yinlar orqali Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoa Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik olib boradi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 15:25, 09.03.2018.
O'qildi: 3945 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.