Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

O‘zbekiston OTJ vodiyda Saudiyadan kuchliroq bo‘lgan Keniyaga qarshi ikkita o‘yin o‘tkazadi

O‘zbekiston OTJ vodiyda Saudiyadan kuchliroq bo‘lgan Keniyaga qarshi ikkita o‘yin o‘tkazadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning mart oyida Saudiya Arabistoniga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi haqida avvalroq ma’lum qilgan edik. Ammo O‘zbekiston OTJ mart oyida Saudiya Arabistoniga qarshi emas, Keniya U-23 terma jamoasiga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi.

“Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoa oldiga Tokioda bo‘ladigan Olimpiadaga yo‘llanma olish vazifasi qo‘yilgan. Shu sababli ular Olimpiya o‘yinlari saralashiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishi uchun kuchliroq raqib bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Saudiya Arabistoniga hurmat saqlagan holda shuni ta’kidlash kerakki, ushbu terma jamoa Osiyo vakili. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi esa Osiyoda tengsiz ekanini Xitoydagi musobaqada isbotlab bo‘ldi.

Shu sababdan O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi O‘zbekiston OTJ uchun kuchliroq raqib topish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirdi va Afrikaning kuchli terma jamoalaridan biri bo‘lgan Keniya U-23 terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Afrika terma jamoalari jismoniy jihatdan ancha baquvvat va kuchli raqib hisoblanishadi, qolaversa, o‘z oldiga Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olish vazifasini qo‘ygan O‘zbekiston OTJ uchun ham bu terma jamoa bilan o‘yin o‘tkazish ancha qiziqarli va foydali bo‘ladi.

23 mart kuni Andijonda, 26 mart kuni esa Farg‘onada Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston OTJ keniyalik tengdoshlariga qarshi bahs olib borishadi. Har ikki o‘yinning boshlanishini muxlislar uchun qulay bo‘lgan vaqt - soat 20:00ga belgiladik”, - deydi O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 15:29, 09.03.2018.
O'qildi: 5328 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.