Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Ayollar futboli. Andijon va Samarqandda musobaqalar bo‘lib o‘tdi

Ayollar futboli. Andijon va Samarqandda musobaqalar bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Andijon shahrida 8-mart halqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan futbol bo‘yicha “Andijon bahori” deb nomlangan musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqa ikki yo‘nalishda  oliygohlar va o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi o‘quv muassasalari hamda ikkinchi yo‘nalish sport maktablari o‘quvchi qizlarining futbol  jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi.

Musobaqani o‘tkazishdan asosiy maqsad viloyatda ayollar futbolini yanada rivojlantirish, viloyatdagi o‘quv muassasalar talabalari o‘rtasida do‘stlik rishtalarini bog‘lash va “Andijanka” jamoasiga iqtidorli qizlarni tanlab olishdan iboratdir. Ikki yo‘nalishda o‘tkazilgan musobaqaning birinchi yo‘nalishi oliygohlar va kasb-hunar kollejlari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada 1-o‘rinn Andijon Davlat Universiteti jamoasi, 2-o‘rinni Andijon Qishloq xo‘jaligi instituti jamoasi, 3-o‘rinni Andijon Tibbiyot instituti va Andijon Mashinasozlik instituti jamoalari egallashdi. Ikkinchi yo‘nalish sport maktablari o‘rtasidagi musobaqada 1-o‘rinni Xo‘jaobod tuman sport maktabi, 2-o‘rinni Ulug‘nor tuman sport maktabi jamoalari egallashdi. Shuningdek nominasiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi. 

G‘oliblarni taqdirlash marosimida Viloyat xotin-qizlar ko‘mitasi raisi o‘rinbosari Nizomova Mavluda Sheraliyevna, Viloyat jismoniy tarbiya va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i O‘tkirbek Toshpo‘latov, Viloyat futbol federasiyasi birinchi vise-prezidenti Bekzodbek Karimovlar ishtirok etib,  g‘olib futbolchi qizlarni bayram bilan tabriklab, qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlashdilar.

Shuningdek, O‘zbekiston futbol Assosiasiyasining taqvim rejasiga asosan Samarqand viloyatida 12 yoshli qizlar o‘rtasida Respublika musobaqasi ham boshlandi. Ushbu musobaqaga barcha viloyatdan 12 yoshli qizlar terma jamoalari qatnashishi rejalashtirilgan. Musobaqa Samarqand viloyatining “Futzal” sport majmuasida o‘tkazilmokda. Dastlabki o‘yin Samarkand va Andijon viloyatlari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 13:01, 10.03.2018.
O'qildi: 2141 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик