Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

YECHL tarixidagi eng e’tiborga molik o‘yinlarni yodga olamiz

YECHL tarixidagi eng e’tiborga molik o‘yinlarni yodga olamiz

Baho:
+ | -

Kuchsizroq jamoaning yevrofutbol gultoji sanalgan CHL «pley-off» bosqichiga chiqolmasligi barchaga ayon haqiqat. Shunday bo‘lsada, «hayot yoki o‘lim» darajasidagi raundlar o‘yinlarida ham tomonlardan birining chinakamiga kaltaklanishi dam-badam kuzatiladi.

Misol uchun, joriy turnirning 1|8 finali birinchi uchrashuvlarini oling: 8ta uchrashuvdan 3tasi o‘ta yirik hisob bilan tugadi. Boshqacha ayt­ganda, 3ta jamoa keyingi raundga chiqish imkoniyatini yo‘qotdi, hisob, yana shunchasi esa javob o‘yinidan oldin mutlaqo xotirjam.

Xullas, bugun CHLning XXI asrdagi «pley-off» o‘yinlarini tahlil qilamiz. Zero, yangi 100 yillikda 4ta yoki ko‘proq gol farqi bilan poyoniga yetgan o‘yinlar soni keskin oshdi.

CHLning eski formati amalda bo‘lganida esa (ikki bosqichli guruh o‘yinlaridan so‘ng «pley-off» raundlari  chorak finaldan boshlanardi), hattoki, 3ta to‘p ustunligidagi g‘alaba ham ancha noyob holat sanalardi. Endi esa bunday katta hisoblar odatga aylanib qoldi...

4ta GOL USTUNLIGIDA

CHL-2003|2004. 1|4 final. «Deportivo» - «Milan» - 4:0 (javob o‘yini)

La-Korunya jamoasining eng ajoyib g‘alabalaridan biri. E’tiborlisi, «Deportivo» ilk uchrashuvda 1:4 ko‘rinishida yengilgandi. Umuman, bu XXI asrda qayd etilgan eng zo‘r «kambek»dir.

Xullas, «Depor» - yangi 100 yillik hisobidan CHLning «pley-off» bosqichi birinchi o‘yinini 3ta gol farqi bilan yutqazib, javob bahsida ustunlikni o‘z tomoniga og‘dirgan ilk jamoa.

Yana bir tomoni, «Milan» turnirning amaldagi g‘olibi edi va o‘z maydonidagi 4:1 hisobidan keyin yakuniy g‘alabaga zarracha shubha qilmagan bo‘lsa kerak. Ammo «Riasor»ga safar juda og‘ir kechib, «rossonerlar» ortga yo‘llamasiz qaytishadi - 0:4. Aytgancha, «Depor» 1|8 finalda amaldagi finalchi - «Yuventus»ni dog‘da qoldirgandi.

CHL-2005|2006. 1|8 final. «Lion» - PSV - 4:0 (javob o‘yini)

«To‘quvchilar» o‘sha yillar ancha kuchayishgan va CHL «pley-off» raundlarida ham yirik hisobda g‘alaba qozonishga jazm etishardi.

Muhimi, PSVga qarshi o‘yinda qayd etilgan o‘sha g‘alaba «Lion» uchun UYEFA tasnifidagi turnirlarda qo‘lga kiritilgan eng yirigi ham, oxirgisi ham emasdi.

CHL-2008|2009. 1|8 final. «Liverpul» - «Real» - 4:0 (javob o‘yini)

Qarang, hattoki, «Real»dek buyuk klub ham CHLda sharmandali mag‘lubiyatga yuz tutgan. Achinarli tomoni, «Madrid» o‘z maydonida 0:1 hisobida yutqazgach, «Enfild»ga qasos o‘tida yongan holatda boradi, ammo yakun - javobsiz 4ta gol...

CHL-2008|2009. 1|4 final. «Barselona» - «Bavariya» - 4:0 (birinchi o‘yin)

O‘sha mavsumning keyingi raundida «Bavariya» ham «o‘t ichida yondi». Vaholanki, myunxenliklar chorak finalga chiqish yo‘lida «Sporting»ga sira rahm qilishmagandi. «Barselona»ga duch kelishgach esa, birinchi o‘yin yakunidayoq kurashdan chiqishdi, hisob.

CHL-2009|2010. 1|8 final. «MYU» - «Milan» - 4:0 (javob o‘yini)

Mavsum-2008|2009da 4ta uchrashuv «4}» ko‘rinishidagi ustunlik bilan tugagan bo‘lsa, navbatdagisida bunday yirik hisob 3 marta kuzatildi.

«MYU» va «Milan» o‘rtasidagi to‘qnashuvning ilk seriyasida «rossonerlar» raqibga jiddiy qarshilik ko‘rsatishdi, ammo 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi. «Old Trafford»da esa «qizil iblislar» mehmonlarga kichik dars o‘tashdi.

CHL-2009|2010. 1|8 final. «Barselona» - «Shtutgart» - 4:0 (javob o‘yini)

O‘sha vaqt «Barselona» Xosep Gvardiola qo‘l ostida Yevropaning eng kuchli klubi maqomini olgandi. Biroq kataloniyaliklar Germaniyada 1:1 natijasiga ko‘nishdi. «Kamp Nou»dagi javob bahsida esa «Shtutgart» Lionel Messi va boshqalardan o‘z nasibasini to‘liq oldi.

CHL-2010|2011. 1|4 final. «Barselona» - «Shaxtyor» - 5:1 (javob o‘yini)

«Barselona» navbatdagi CHL kubogi yo‘lida «Shaxtyor»ni bir urinishda chetga surdi. Vaholanki, doneskliklar bundan oldin «Roma»dan ustun kelib, shov-shuv ko‘tarishgandi.

CHL-2010|2011. 1|4 final. «Real» - «Tottenxem» - 4:0 (birinchi o‘yin)

«Real» o‘z navbatida, «Tottenxem» bilan pachakilashib o‘tirmadi. Darvoqe, Garet Beyl o‘sha o‘yinda London klubi sharafini himoya qilgandi. «Madrid» uchun esa Emmanuel Adebayor 2ta gol urgan.

CHL-2011|2012. 1|8 final. «Milan» - «Arsenal» - 4:0 (birinchi o‘yin)

Massimiliano Allegri boshqaruvidagi «Milan» eng yorqin g‘alabalaridan birini «Arsenal» bilan o‘yinda nishonladi. To‘g‘ri, Londonda barchasi chippakka chiqishi hech gap emasdi.

Zero, «kanonirlar» italyanlar darvozasiga 3ta javobsiz gol urishdan tashqari, hujumda bearmon xafvli vaziyatlar yaratishgandi.

CHL-2012|2013. 1|8 final. «Barselona» - «Milan» - 4:0 (javob o‘yini)

«Milan» endi jabrdiyda rolida. «Rossonerlar» «pley-off» bosqichini 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshlagandilar. Shu narsa «Kamp Nou» egalari hamiyatiga tekkan bo‘lsa, ajabmas.

CHL-2012|2013. 1|2 final. «Bavariya» - «Barselona» - 4:0 (birinchi o‘yin)

Qarangki, yarim finalda «Barselona» o‘ziga sira o‘xshamadi. Ya’ni «Bavariya» 2ta o‘yin yakuniga ko‘ra, 7:0 hisobida ustun keldi. Bungacha CHL yarim final bosqichlarida 7ta gol farqi kuzatilgan emasdi.

CHL-2013|2014. 1|8 final. «Ba-yer» - «PSJ» - 0:4 (birinchi o‘yin)

Parij jamoasi birinchi o‘yindagi g‘alaba bilan cheklanib qolmay, safarda 4ta javobsiz gol urdi - CHL uchun noyob hodisa.

CHL-2013|2014. 1|2 final. «Bavariya» - «Real» - 0:4 (javob o‘yini)

«Bavariya» bir yilcha oldin «Barselona»ni 4:0 hisobida yengib, yarim final o‘yinida 4ta gol ustunligini qayd etgan ilk jamoa bo‘lgandi. Qizig‘i, nemislarning shu «serbet»lik uchun «Real» oldida javob berishlariga to‘g‘ri kelgandi.

CHL-2014|2015. 1|8 final. «Portu» - «Bazel» - 4:0 (javob o‘yini)

«Bazel» - CHL «pley-off» bos-qichlarining standart qurboni. Shveysariya klubi guruhdan chiqish uchun kuch va ishtiyoq topadi, ammo bahorda...

CHL-2016|2017. 1|8 final. «PSJ» - «Barselona» - 4:0 (birinchi o‘yin)

Aqlga sig‘mas dramaning birinchi qismi. Eh, «PSJ»ga Parijdagi 4:0 ham naf bermagandi-ya...

CHL-2016|2017. 1|8 final. «Bavariya» - «Arsenal» - 5:1 (birinchi o‘yin)

CHL-2016|2017. 1|8 final. «Arsenal» - «Bavariya» - 1:5 (javob o‘yini)

Bechora «Arsenal»... Londonliklar guruhda bir amallab g‘olib chiqishdi, ammo ilk «pley-off» raundidayoq «Bavariya»ga duch kelishdi. Natijasi juda ayanchli - nemis grandi Arsen Vengerni juda-juda uyaltirdi - 10:2.

CHL-2016|2017. 1|8 final. «Borussiya D. - «Benfika» - 4:0 (javob o‘yini)

«Borussiya» futbolchilari Lissabonda haddan ortiq ko‘p vaziyatlarni ko‘kka sovurib, 0:1 hisobida yutqazishdi va uyga qaytgach, «Benfika»ga ortig‘i bilan javob berishdi.

CHL-2017|2018. 1|8 final. «Bazel» - «Manchester Siti» - 0:4 (birinchi o‘yin)

Yana «Bazel», boz ustiga, shveysariyaliklar bu safar o‘z maydonlarida mutlaqo ojiz qolishdi. Xullas, javob o‘yini shunchaki, rasmiyatchilik uchun o‘tkaziladigan bo‘ldi...

5ta GOL USTUNLIGIDA

CHL-2004|2005. 1|8 final. «Lion» - «Verder» - 7:2 (javob o‘yini)

Tomas Shaafning xushchaqchaq jamoasi - «Verder» «pley-off» bahslarini o‘z maydonidagi 0:3 hisobi bilan boshladi. Biroq bu holva edi - «Lion» Fransiyada «musiqachilar» uchun esdan chiqmaydigan «kuy» yaratadi.

CHL-2008|2009. 1|8 final. «Sporting» - «Bavariya» - 0:5 (birinchi o‘yin)

Beshafqat «Bavariya» bu safar «Sporting»ni g‘arib holga soldi, boz ustiga, portugaliyalik muxlislar ko‘z o‘ngida. Eng qizig‘i, keyingi raundda myunxenliklarning o‘zlari ham aynan birinchi o‘yinda achchiq qismatga duch kelishdi.

CHL-2009|2010. 1|8 final. «Arsenal» - «Portu» - 5:0 (javob o‘yini)

«Arsenal» shovqinli «Dragao» arenasida 1:2 hisobida yutqazib qo‘ygach, Arsen Venger shogirdlarini sira ayamagan bo‘lsa kerak. Har holda, «kanonirlar» Londonda «Portu»dan chinakamiga qasd olishdi.

CHL-2013|2014. 1|8 final. «Shalke» - «Real» - 1:6 (birinchi o‘yin)

«Real» odatda Germaniyada juda qiylanardi, ammo Gelzenkirxendagi bahs bundan mustasno. «Shalke»da hattoki, nomiga ham imkoniyat qolmagandi. 

CHL-2014|2015. 1|4 final. «Bavariya» - «Portu» - 6:1 (javob o‘yini)

«Portu» o‘z maydonida dongdor va hurmatli raqibga hurmatsizlik qilib, 3:1 hisobida yutish asnosida haqiqiy «sensasiya» taqdim etdi. Biroq buning javobi juda og‘ir bo‘ldi - «Bavariya» Myunxendagi o‘yinning tanaffusigachayoq 5ta gol urdi.

CHL-2016|2017. 1|8 final. «Barselona» - «PSJ» - 6:1 (javob o‘yini)

Ha, CHLdek turnirda ham ilk o‘yinni 0:4 hisobida boy berib, javob bahsida barchasini to‘g‘rilash mumkin. Faqat buning uchun «Barselona» bo‘lish kerak. Xullas, beqiyos drama.

CHL-2017|2018. 1|8 final. «Portu» - «Liverpul» - 0:5 (birinchi o‘yin)

Yurgen Klopp allaqachon chorak final uchun reja tuza boshlagan bo‘lsa, ajabmas. «Portu» esa bu safar Angliyada shunchaki, «Enfild» sehrini ko‘rish uchungina maydonga tushadi.

CHL-2017|2018. 1|8 final. «Bavariya» - «Beshiktosh» -  5:0 (birinchi o‘yin)

Turklar o‘z maydonlarida keyingi raund emas, obro‘larini o‘ylab g‘alaba qozonishga urinib ko‘rishadi. Biroq golga «to‘ymas» «Bavariya» jimgina qarab turarmidi?

6ta GOL USTUNLIGIDA

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 13:03, 10.03.2018.
O'qildi: 10817 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.