“Manchester Siti” klubi hujumchisi Serxio Aguero jarohat sabab ikki haftani o‘tkazib yuboradi.
“Kechagi mashg‘ulotlarda chap tizzamda biroz muammo kuzatildi. Shifokorlar ikki haftadan so‘ng futbolga qaytishimni aytishdi. To‘liq tiklanishim kerak ekan”, – deya yozadi Aguero tvitterdagi sahifasida.
Endi Aguero “Stok Siti” va Brayton”ga qarshi o‘yinlarda “shaharliklar”ga yordam bera olmaydi.