Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/06 19:30 Bunyodkor 0-3 Neftchi
02/06 00:00 Borussiya D 0-2 Real Madrid
02/06 19:00 Andijon - Paxtakor
02/06 19:30 Nasaf - Lokomotiv
02/06 21:00 Atalanta - Fiorentina

Noshud isrofgar – Valter Sabatinining a’lo xaridi

Noshud isrofgar – Valter Sabatinining a’lo xaridi

Baho:
+ | -

Valter Sabatini Rimda isrofgar mutaxassis sifatida tanilgan. Biroq «Roma»ning so‘nggi omadli transferi aynan shu sport direktorining tashabbusi bilan amalga oshdi.

2016 yili «bo‘rilar» Alisson Bekerni Voysex Shensniga o‘rinbosar sifatida xarid qilishgandi.

O‘shanda atigi ikki mavsum ichida braziliyalik futbolchining «ochilishi» va «A» seriyaning eng mohir darvozabonlari safidan joy olishini hech kim xayoliga ham keltirmagandi.

Avvalgi mavsumni Alisson zaxira o‘rindig‘ida yangi jamoadoshlarining maydondagi harakatlarini kuzatish bilan o‘tkazdi. Chunki «bo‘rilar» darvozasi Voysex Shensniga topshirib qo‘yilgandi. Shu bois, uning braziliyalik kasbdoshi o‘zining bor mahoratini faqat mashg‘ulotlarda namoyish etishga majbur bo‘ldi.

Uning noyob iqtidori bosh murabbiy Luchano Spallettining e’tiboridan chetda qolgan bo‘lsada, darvozabonlar murabbiyi Roberto Negrisolo Bekerning Shensnidan ko‘ra mahoratliroq ekanini bir necha marta ta’kidlab o‘tgandi. Spalletti o‘rnini egallagan Di Franchesko sal qolsa Alissonning «Roma»dagi faoliyatiga chek qo‘yishi mumkin edi.

Yozda uning taklifi bilan «Sassuolo»dan tashrif buyurgan Eusebio darvoza chizig‘ini yana bir kiper bilan kuchaytirish lozim, degan qarorga keldi.

Shu pallada braziliyalik pos-bon o‘z huquqi uchun kurashish lozimligini anglab, masalani ko‘ndalang qo‘ydi: «Agarjamoayangifutbolchixaridqilib, ungaasosiydarvozabonmaqominibersa, mentransfertalabqilishimniaytdim. Bu xabar meni g‘azablantirdi. Nihoyat, kutilgan damlar kelib, Shensni klubni tark etganida, o‘rniga boshqa raqobatchini «tiqishmoqchi»!

Di Franchesko meni to‘g‘ri tushundi va muntazam ravishda maydonga tushishimga kafolat berdi». Shu tariqa «bo‘rilar»ning so‘nggi chizig‘i o‘zgarishsiz qoldi - 26 yoshli polshalik Lukash Skorupski va 40 yoshli rumin Bogdan Lobons.

Alisson Beker esa birinchi raqmni rasmiylashtirgach, shunday xitob qildi: «Ustozimdunyodagienghalolmurabbiy! Ajoyib o‘yinlarim bilan uning ishonchini oqlashni juda-juda istayman!».

Buni qarangki, Bekerning gaplari shunchaki xushomad emas, balki chin dildan aytilgan samimiy niyat ekanligi yashil maydonda o‘z isbotini topmoqda. Ochig‘i, «Roma» tarkibidagi hech bir o‘yinchini yorqin faoliyat yuritmoqda, deb baralla aytolmaymiz.

Edin Jekoning mahsuldorligi pasayib ketdi, Raja Nainggolanning jizzaki tabiati jamoaga manfaat emas, nuqul zarar keltirmoqda. Bir paytlari noyob iqtidori bilan barchani hayratga sol-gan al Shaaravi esa butunlay «so‘nib» qoldi.

«Roma»da muxlislar ko‘nglini rom etayotgan yagona futbolchi - Alisson Beker! Joriy mavsum u «A» seriyasi doirasida 24 marta maydonga tushib, o‘z darvozasidan 19ta gol o‘tkazib yubordi. Italiya chempionatidagi eng yaxshi ko‘rsatkich!

Har bir uchrashuvda o‘tkazib yuborgan gollari soni o‘rtacha 0,79taga teng. Bu borada ikkinchi natijani qayd etayotgan «Jenoa» kiperi Mattia Perinniki - 1,04.

Alisson Bekerning Italiya maydonlaridagi samarali faoliyati endi butun qit’aning e’tiborini tortmoqda.

Opta mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2017|2018 yillar mavsumidagi «quruq» uchrashuvlar soni bo‘yicha u Yevropaning mohir darvozabonlari ro‘yxatidan joy oldi.

Qizig‘i, aynan shu borada Alisson o‘zining «Manchester Siti»dagi vatandoshi Edersondan orqada.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

 

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:24, 12.03.2018.
O'qildi: 3648 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.