Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

CAFA kubogi saviyasini qanday oshirish mumkin?

CAFA kubogi saviyasini qanday oshirish mumkin?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbek futboliga yangi rahbariyat kelganidan buyon haftasiga kamida 3-4ta yangilik eshitib turibmiz. Tashkilotning rasmiy sayti esa ancha-muncha axborot portallaridan qolishmaydigan tarzda ishlamoqda.

Hattoki, turli mish-mishlarga ham rasmiy javob qaytarilmoqda. Masalan, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiylari va futbolchilariga Osiyo chempionatidagi g‘alaba sharafiga berilgan «Malibu» avtomobillari uchun 10 ming dollardan talab qilingani haqidagi gap-so‘zlar darhol rasman inkor etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘FFning amaldagi merosxo‘ri - O‘FA nafaqat «Malibu» uchun to‘lov talab qilmagan, balki futbolchilarni mavsumga tayyorgarlik ishlaridan chalg‘itmaslik uchun avtomobillarni ularning nomiga rasmiylashtirish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olgan.

O‘FA mas’uliyatni o‘ziga olganiga qaramay, rasmiylashtirish ishlari cho‘zilib ketgani esa boshqa masala. Ehtimol, murabbiy va futbolchilarning o‘zlari raqamsiz, «Prezident sovg‘asi» so‘zlari bitilgan avtomobilni ko‘proq minib yurishni istashgandir... Ammo bugungi maqolamizning asosiy mavzusi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham, «Malibu» ham emas.

Fevral oxirida yana bir muhim yangilikdan xabar topdik - O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov endilikda Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasini ham boshqaradi. Avvalroq xuddi shu lavozimda O‘FFning sobiq prezidenti Mirabror Usmonov ishlagandi.

U ketgach, Markaziy Osiyo futbolini boshqarish Umid Ahmadjonovga ishonib topshirildi. Garchi CAFAning asosiy vazifasi nimaligini shu vaqtga qadar to‘liq bilolmagan bo‘lsak-da, bu ham bir martaba ekanligini inkor etmaymiz, albatta. Xo‘sh, Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasida endi qanday ishlarni amalga oshirish lozim? Avval qanday ishlarga qo‘l urilgandiyu, buyog‘iga nima qilish lozim?

Ushbu tashkilotga Mirabror Usmonov rahbarlik qilib turgan vaqt bir qator ishlar amalga oshirildi, albatta. Xususan, CAFA kubogi yo‘lga qo‘yildi va unda tashkilotga a’zo davlatlarning yoshlar terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.

2 yil muqaddam Toshkentda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston yoshlar termalari o‘rtasida ilk musobaqa bo‘lib o‘tgandi. Tabiiyki, yangi ish kamchiliklardan xoli bo‘lmaydi. «Jar» stadionida tashkillashtirilgan musobaqada esa kamchiliklar me’yoridan ko‘proq kuzatilgani rost.

Eng avvalo, Eron yoshlar terma jamoasining turnirga kelmaganini aytish lozim. Forslar yangi musobaqa saviyasiga u qadar ishonishmadi, shekilli, Toshkentga tashrif buyurishdan bosh tortishdi. Oqibatda Jasur Abduraimov boshqargan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ikki tarkibga bo‘lindi va har ikki guruhda ishtirok etdi.

Shu holat bir qator noqulayliklarni keltirib chiqardi. Eng avvalo, maqtanish sanalsada, aytish lozim, yurtimizda futbol rivoji qo‘shni davlatlardagiga qaraganda, ancha oldinda ekanligini ko‘rdik, bildik. CAFA kubogida bizga faqat Eron terma jamoasi munosib raqobat taqdim etishi mumkin edi.

Ochig‘i, forslar kelishmagach, musobaqa finalida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining birinchi va ikkinchi tarkibi o‘zaro to‘qnash kelishidan ancha cho‘chigandik. Har holda, voqealarning bunday rivoji o‘zi shundoq ham saviyasi past musobaqa obro‘sini yana-da tushirib yuborishi mumkin edi. Haytovur, Qirg‘iziston terma jamoasi ancha yaxshi o‘yin namoyish qilib, finalga chiqishni uddalagandi.

Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasining yangilangan rahbariyati endi birinchi navbatda, ayni shu musobaqa saviyasini ko‘tarishga bel bog‘lashi shart. Buning uchun esa bir qator ishlarni amalga oshirish talab etiladi.

Avvalo, CAFA kubogida yoshlar emas, balki milliy jamoalar qatnashishini ta’minlash lozimdek. Ha, bu ish ancha qiyin. Deylik, Eron termasidek qit’a gigantini CAFA kubogida asosiy tarkib bilan ishtirok etishga ko‘ndirish deyarli imkonsiz.

Qolaversa, O‘zbekiston milliy jamoasining ham legionerlarni to‘liq jamlay olishiga ishonish qiyin. Osiyoda o‘ynayotganlarni bir amallab chaqirish mumkindir, ammo «Rostov» Eldor Shomurodovni, «Anji» Dostonbek Hamdamovni qo‘yib yuborishi uchun CAFA kubogidan jiddiyroq sabab bo‘lishi lozim.

Ammo hammasini o‘z holiga tashlab qo‘yish, shu ketish davom etishiga yo‘l qo‘yish sira yaramaydi. Demak, Umid Ahmadjonov oldida bajarilishi zarur jiddiy ishlar bir talay. Aslini olsak, agar CAFA kubogini o‘rinlatib yo‘lga qo‘yib olsak, shu vaqtga qadar muammo sanalgan o‘rtoqlik o‘yinlari masalasi bir qadar hal bo‘lardi.

Zero, yon qo‘shnilar o‘rtasida kechadigan bahslar har doim prinsipial ahamiyat kasb etadi. Milliy jamoaga nomzod futbolchilarni Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston termalariga qarshi kechadigan o‘yinlarda sinab ko‘rishning nimasi yomon?

Shuningdek, «sirli tulpor» - Afg‘oniston termasi bilan bo‘ladigan o‘yin ham yetarlicha qiziqish uyg‘otishi turgan gap. Eron termasi haqida-ku, ortiqcha gapirish shart emas.

Xullas, CAFAning yangi rahbariyati shu ish uddasidan chiqsami, mintaqa futboli taraqqiyotida katta ishni amalga oshirgan hisoblanardi...

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:53, 12.03.2018.
O'qildi: 2914 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.