"Napoli" bosh murabbiyi Maurisio Sarri Italiya chempionatining 28-turida "Inter" bilan kechgan durangdan so‘ng (0:0) fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bizda yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi, ayniqsa, ikkinchi bo‘limda. "Napoli" o‘tgan haftdadan ko‘ra yaxshiroq o‘yinadi.
"Agar "Yuventus" mavsumning qolgan barcha o‘yinlari g‘alaba qozonsa, biz ularni olqishlaymiz. Biz Italiyaning eng boy klubi emasmiz. "Napoli" skudettoni yutish uchun qo‘lidan kelgan barcha harakatni qiladi.
Chempionlik poygasidan chiqib ketishimizni qabul qila olmayman. Butun mavsum davomida yaxshi o‘ynadik, bizning yutug‘imizga ishonadigan odamlar bor", - deydi Sarri.